Xalqaro hamkorlik natijalari

2018 yil 4 yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “О‘quv teatri” binosida 2017-2018 о‘quv yilida turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib kelgan professor-о‘qituvchilarning hisobotlariga bag‘ishlangan taqdimoti о‘tkazildi. Taqdimotda Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor G.E.Xalikulova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor D.M.Mulladjanov, fakultet dekanlari hamda institut professor-о‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda institutining Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori Gо‘zal Xalikulova sо‘zga chiqib, 4 oy ichida dunyoning kо‘plab OTMlar bilan xalqaro aloqalarimiz kengayib borayotganligi va institut professor-о‘qituvchilardan 11 nafari Rossiya, Xorvatiya, Hindiston, London va Italiya kabi davlatlarga borib о‘z malakalarini oshirib qaytishdilar.

Shuningdek, 22-29 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan Boris Shukin nomidagi teatr san’ati institutiga bir haftalik malaka oshirishda bо‘lgan 6 nafar professor-о‘qituvchilarimizning taqdimoti tinglandi. Taqdimotda sо‘z olgan “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri O.Rizayev, “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi mudiri F.Egamberdiyev va “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi katta о‘qituvchisi I.Sodiqovlar Boris Shukin nomidagi teatr instituti о‘zining о‘quv teatri binosidan qanday foydalanishi hamda qо‘yilayotgan har bir spektakllarda talabalarning faol ishtirok etishini alohida ta’kidlashdi. Bundan tashqari, OО‘YU ta’lim tizimi hamda ijodiy faoliyat tо‘g‘risidagi bir nechta L.M.Shixmatov, V.K.Lvova Sahna etyudlari, N.I.Kalinina She’riy tantanali sirlar uyg‘unligi, Gigisning Sahna nutqi о‘quv adabiyotlari va kо‘pgina mutaxassislar bilan tanishishi taqdimotda о‘z aksini topgan.

Britaniya va О‘zbekiston konsulligi tashabbusi bilan London shahrida joylashgan Rose Brufod nomidagi teatr va tomosha kollejiga malaka oshirishga borgan V.Yusupova hamda A.Abdishayevalar yig‘ilganlarga ijodiy safarlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlari bilan taqdimotni davom ettirdi. “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi katta о‘qituvchisi V.Yusupova bir haftalik malaka oshirish jarayonida dars jarayonlarida bevosita ishtirok etib, qiziqarli ma’lumotlarga ega bо‘lgan fikr va mulohazalarini yig‘ilganlar bilan muhokama qildi. Safar davomida kollej tarix va о‘quv jarayonini chuqur tahlil qildi.

Tadbirning keyingi taqdimotchilari “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik” kafedrasi doktoranti Eldor Yuldashev TEMPUS dasturi doirasida 2017 yil 27 oktabrdan Xorvatiyaning Zagreb shahridagi OО‘YU da ilmiy-ijodiy safarda bо‘lib qaytganligi tо‘g‘risidagi taqdimotini namoyish etdi. Eldor Yuldashev mazkur institutda 300 ga yaqin talaba tahsil olishini, bakalavr yо‘nalishlarida esa ta’lim 3 yillik ekanligini ma’lum qildi. OО‘Yuda darslar faqat mutaxassislik fanlaridan iborat va ta’lim sifatiga katta e’tibor qaratilishi muhim jihatlaridan biri ekanligi haqida ham о‘z fikrlari bayon etdi.

О‘ylaymizki, institutimizning ijodiy hamkorligi bundan keyin ham о‘zining ijobiy natijalarini beradi va olib kelingan katta tajribani esa о‘quv jarayonida qо‘llashiga ishonamiz. Bu esa institut talabalarini jahon teatrlarida о‘z ijodiy ishlarini namoyish etibgina qolmay, о‘zbek san’atini xalqaro miqyosiga olib chiqishiga katta turtki bо‘ladi.

Taqdimot juda qiziqarli о‘tdi va ishtirokchilar о‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.