El ardog‘idagi san’atkorlar

Keksalarga hurmat, e’tibor kо‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biridir. Zero, nuroniy otaxonu onaxonlar qadrlangan yurtdan fayzu baraka, farovonlik, ahillik arimasligi asrlar sinovidan о‘tgan haqiqat.

Ustoz san’atkorlar hayot va ijod yо‘li davomida insonlar qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka esa nafrat tuyg‘ularini singdirishga katta xizmat qilgan ulug‘lardir. Inson yaralibdiki, gо‘zallikka intilib yashaydi. Gо‘zallikka oshno bо‘lgan qalbda hech qachon yovuzlik urug‘lari nish otmaydi.

San’at va madaniyat namoyandalari insonning qalbiga, ongu tafakkuriga ta’sir о‘tkazib, uni ezgu fazilatlar sari chorlashi hech kimga sir emas.

Bu borada buyuk ma’rifatparvar Mahmudxо‘ja Behbudiy bejiz aytmaganlar – “Teatr ibratxona”dir. Teatrda yaratilayotgan haqiqiy sahna asarlari insonlarga yо‘lchi mayoq singari hayot yо‘llarini yoritib, ularni buyuk ishlarni amalga oshirishga undaydi. Ular har bir inson hayot yо‘lida duch keladigan, uni о‘ylantiradigan, keng mushohadaga chorlaydigan, murakkab savollarga teatr ibrati orqali javob topadilar. Shu bois ham teatr san’atini ma’naviyatning eng yorqin, ta’sirchan kо‘rinishlaridan biri sifatida ilm ahli bejiz e’tirof etilmagan.

Teatr ibrati, ustoz san’at namoyandalarining namunasidan yoshlarimiz kо‘p narsalarni о‘rganib boradilar. Masalan, yoshlarimiz ularning muomala madaniyati, kiyinishidan andoza oladilar. Onaxonlarimizning aytishlaricha, Soraxonim undoq kiyinibdilar, Rixsixonim bundoq dedilar, Gulchehra Jamilova о‘z muomalasi bilan sehrlab qо‘ydi-ya – deb odamlarning og‘zida shunday gaplar yurardiki, yosh san’atkorlar ustozlarining eng yaxshi fazilatlarini о‘zlariga namuna sifatida yuqtiradilar. Bunday san’atkorlar hamisha elning e’tirofiga, hurmatiga sazovor bо‘ladi. Darhaqiqat, san’atkorlar el nazarida kо‘zgu bо‘lib, har tomonlama boshqalarga ibrat bо‘lmoqlari lozim.

Sahna san’atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi, ayni vaqtda milliy g‘urur, milliy iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bо‘la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Juda boy tarixga ega bо‘lgan о‘zbek san’ati asrlar osha tо‘siqlarga, yuksalishlarga uchrab ajdodlardan avlodlarga meros bо‘lib kelmoqda. Istiqlol yillarida ham yangicha tus, о‘zgacha tarovatga yо‘g‘rilib rivojlanayotgan san’atimizda millatimizga xos an’analarni saqlagan buyuk san’atkorlarimiz xizmatlari beqiyos. Zabardast ustozlarning qiymati jamiki dunyo xazinalaridan ham ustun turguvchi о‘gitlari, boy tajribalari bugungi kunda о‘sib kelayotgan yosh avlodlar uchun noyob maktab desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

О‘z navbatida biz yoshlar bunday yuksak sharafli nomga loyiq san’atkor bо‘lib yetishishimizda ulardan har jabhada о‘rnak olishimiz, ular mehnatini ardoqlashimiz lozim. Bugungi kunimizda bizga meros qoldirilayotgan an’analarni asrab-avaylab, rivojlantirib kelajak avlodlarga yetkazish zimmamizga yuklangan mas’uliyatli vazifadir.

Joriy yilning 28 dekabr kuni “Hamkor “Stimul servis” nodavlat ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, xalqaro ilmiy akademiyaning professori Shohida Rahimberdiyevna Sultonova tashabbusi bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorlikda bir guruh “О‘zbekiston Respublikasi xalq artist”larini yaqinlashib kelayotgan Yangi 2018 yil bayrami munosabati bilan qutlab ularga sermashaqqat ijodida yangi-yangi yutuqlar, о‘zbek milliy san’atini jahon cahnasini zabt etishini chin yurakdan tilab, о‘zlarining yangi yil sovg‘alarini taqdim etdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narkuziyeva