Stiven Sigal – О‘zDSMI mehmoni

Yoshlarni har tomonlama kuchli bilim va yuksak ma’naviyat egasi sifatida tarbiyalash bugungi kunning eng dalzarb masalasidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, sifatli ta’lim berish, axborot-resusr manbalari bilan ta’minlash barkamol avlod tarbiyasining eng muhim talablaridir. Shu bilan bir qatorda о‘z davrining bilimli, yuksak e’tiborli fan arboblari, olimlari, shoir va yozuvchilari, san’at va madaniyat sohalarining yetuk vakillari bilan uyushtiriladigan turli tadbirlar, suhbatlar, mahorat darslari ham yoshlar ta’limi va tarbiyasiga kuchli ta’sir о‘tkazishi, ularni kelajakka ishonch va havas hissida tarbiyalanishiga yaxshi samara berishi amalda о‘zini isbotlagan tajribadir. Shu maqsadda yangi о‘quv yilida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (О‘zDSMI)da bu kabi tadbirlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, shu yilning 8 sentabr kuni amerikalik mashhur kinoaktyor, kinoprodyuser, ssenarist, kinorejissyor, musiqachi (xonanda va mohir gitarachi), shirif va jang san’ati ustasi – 7-Dan aykido sohibi Stiven Frederik Sigal bilan institutning о‘quv teatrida ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbir institut talabalari va soha mutaxassislariga ajoyib tuhfa bо‘ldi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Bunday yuqori saviyadagi mehmonning tashrifini tashkil etish bо‘yicha “Penchak selat” federatsiyasi hamda “Melek” kompaniyalari yaqindan yordam berdi. Mehmonni institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori D.Mulladjonov boshchiligida professor-о‘qituvchilar va keng jamoatchilik tomonidan kutib olindi.

Mehmon dastavval institut о‘quv binolari va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbirning asosiy qismi institut О‘quv teatri binosida institut professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida bо‘lib о‘tdi. Uni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori D.Mulladjanov ochib berdi. Tadbir boshida Stiven Sigal о‘zining О‘zbekistonga ilk tashrifi taassurotlarini sо‘zlab berdi. Va shuningdek, kinoindustriyada erishgan yutuqlari, mahorat pog‘onalari xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Institut talabalari, professor-о‘qituvchilari va tadbirga tashrif buyurgan keng jamoatchilik, jurnalistlar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Suhbat jarayonida Stiven Sigal о‘zining naqadar yuksak ma’naviyatli shaxs ekanligini yana bir bor kо‘rsatib berdi. Jumladan u mavaffaqiyatning asosiy siri sog‘lom turmish tarzi va har xil illatlardan holi bо‘lishda ekanligini alohida ta’kidlab о‘tdi. Shuningdek u sportning bir necha turlari bilan samarali shug‘illanishini va bu bilan jisman sog‘lomlikka erishganligini aytib, qalb, ruhiyat pokligi va sog‘lomligi uchun san’atning, о‘zining tajribasida esa, musiqa san’atining о‘rni beqiyos bо‘lganligini ta’kidlab о‘tdi.

“Har bir kino aktyorining biror bir ulug‘ tarixiy shaxs obrazini yaratish orzusi bо‘lishi va kо‘pchilikda bu armonga aylanishi tabiiy holat, agar sizda shunday bir imkoniyat bо‘lsa, qaysi tarixiy shaxsning obrazini ekranlarda yaratgan bо‘lardingiz” deya, talabalar tomonidan berilgan savolga hech ikkilanmasdan, Temurxon (Soxibqiron Amir Temur E.F.) obrazini deya javob berganligi tadbir ishtirokchilarini shodlantirishi bilan birga Stiven Frederik Sigal bо‘lgan hurmatini yana bir pog‘ona oshirdi.

Tadbir sо‘ngida an’anaga kо‘ra mehmonga о‘zbekona tо‘n, dо‘ppi, belbog‘ va sovg‘alar ulashildi. Mazkur tadbir tashkilotchilariga institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari о‘z minnatdorchiligini bildiradi.

“Kino, televideniye va radio san’ati” fakultetining

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovini

Erkin Faqirov