Mustaqillik – eng ulug‘, eng aziz ne’mat

Mustaqillik... О‘zbekistonimiz mustaqilligining 26 yilligi... erkin, ozod yurtda yashayotganimizga ham chorak asrdan oshdi. Ne-ne ajdodlarimiz bu ulug‘ ne’matni orzu qilib, bu kunni kо‘rolmay, bu kunga yetolmay olamdan о‘tganlar. Mustaqilligimiz xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos bо‘luvchi eng muhim sana sifatida tarix zarvaraqlariga bitildi. Shu bois eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida yurtimizda keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Darhaqiqat, tinchlik о‘z-о‘zidan keladigan, uni sovg‘a qiladigan bir narsa emas. Tinchlik – Prezidentimiz boshchiligidagi oqilona siyosatning, yurtdoshlarimizning hamjihatligi, Vatanimiz sarhadlarini qо‘riqlayotgan yurt fidoyilarining sergakligi mevasidir. Shukronalik bilan aytamizki, bugun ajdodlarimizning ezgu niyatlari, orzulari ijobat bо‘ldi. Ayni kunlarda eng ulug‘, eng aziz bayramimizni butun respublikamiz ahli qatori har bir ta’lim mussasalarida faoliyat yurituvchi professor-о‘qituvchilar va yoshlar ham ezgu niyatlar, kо‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olmoqdalar. Shunisi quvonarliki, bugun zamon bilan hamnafas tarzda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida barqaror о‘sishga erishilayotgani, о‘zaro dо‘stlik, hamjihatlik asosida dunyo xalqlari bilan mustahkam aloqalar о‘rnatilib, taraqqiyot pillapoyalaridan dadil odimlayotganimiz yurtimiz istiqbolining naqadar porloq ekanligini kо‘rsatib turibdi.

О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “Farzandlarimiz bizdan kо‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bо‘lishlari shart” kabi sо‘zlari har bir ota-ona uchun shiorga aylanib qolgan. Ular kо‘z qarog‘larining har tomonlama baxtli bо‘lishi, bekamu kо‘st bо‘lib yashashlari, о‘nib-о‘sishlari, barkamol avlod bо‘lib voyaga yetishlari uchun muqaddas tuproqni, Ona Vatanimizning yanada gullab-yashnashini, tenglar ichra teng bо‘lib yashashlari uchun butun kuch va imkoniyatlarini safarbar qilmoqdalar.

26 yillikni sarhisob qiladigan bо‘lsak, bu yillar mobaynida qanday kunlarni, ne-ne sinovlarni boshimizdan о‘tkazmadik. Ne-ne sinovlar va qiyinchiliklardan xalqimizning iroda va matonati, о‘zaro hamjihatlik bilan bir-birini qо‘llab-quvvatlashi, dо‘stona yordami tufayli shunday dorilomon kunlarga yetib keldik. Shu bois ham “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da о‘tkazilayotgan barcha tadbirlar ma’no-mazmunida “Fidoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston!” shiori ostida о‘ziga xos kо‘tarinki ruhda о‘tkazilmoqda.

Ha, bugun diyorimizning qay bir gо‘shasiga bormang, serfayz xonadonlar, ozoda kо‘chalarni kо‘rib, kо‘zingiz quvonadi. Yurtimizda olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar yuksak bunyodkorlik va yaratuvchanlik shijoati bilan yashayotgan xalqimizni yanada obod va farovon hayot barpo etishga intilayotganligi kо‘rinib turibdi.

Yurtimizda hukm surayotgan tinchlikka hech qachon kо‘z tegmasin, yomon kо‘zlardan Yaratganning о‘zi asrasin. Tinchlik-xotirjamlik bо‘lgan yurtda qut-baraka bо‘ladi, yurt obod bо‘lib gullab-yashnaydi.

Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida shu jumladan, 4 sentabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining О‘quv teatri binosida, har bir akademik guruhlarda “Mustaqillik dars”lari el ardoqlagan, taniqli insonlar va professor-о‘qituvchilar ishtirokida bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirlarda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolangan “О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan “Fidoying bо‘lgaymiz seni, О‘zbekiston!” shiori ostida olib borilib, unda mamlakatimizda mustaqillik yillarida yuz bergan tub о‘zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar talaba-yoshlarga atroflicha yetkazildi.

О‘quv teatri binosida о‘tkazilgan “Mustaqillik dars”ida О‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Fatxulla Husanovich Ma’sudov, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Mansur Bobomurodovich Bekmurodov, akadem guruhlarda esa kafedralarning yetakchi professor о‘qituvchilaridan T.Bayandiyev, A.Rizayev, S.Qodirova, Z.Arislanbayeva, M.Umarov, Q.Nishonboyeva va boshqalar ishtirok etib, talaba-yoshlarga mustaqillikning eng aziz, eng ulug‘ ne’matligini hayotiy misollar orqali tushuntirib berdilar. Shu bilan birga, tadbirlarda sо‘zga chiqqanlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasidan kelib chiqib soha mutaxassislari oldida turgan mashaqqatli, ammo sharafli ishlar haqida batafsil tо‘xtalib о‘tildi.

Ayni paytda “О‘zbekistonning har bir fuqarosi mustaqilligimizning qadriga yetib, uni kо‘z qorachig‘iday asrab, shukronalik bilan yashamog‘i, shu bilan birga, har biringizni istiqlol nashidasi, bayram sururi yaxshi niyatlar, ezgu amallar sari undayversin” degan niyatlar ma’ruzachilar tomonidan talaba-yoshlarga yetkazildi.

Shuningdek, sо‘zga chiqqanlar “talabalik umrning eng gullagan, oltin davringiz ekanligini yodingizdan chiqarmasdan vaqtingizni behuda sariflamasdan, umrning har daqiqasini g‘animat bilib, izlanishda bо‘lsangiz, о‘zingiz о‘ylagan manzillarni zabt etasiz. Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda о‘qib-о‘rganishdan aslo charchamanglar!” tilaklari bildirildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Z.Narkuziyeva