Ilm-fan rivoji jamiyat taraqqiyotining garovidir

2017 yil 14-iyul kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida О‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsion komissiyasi hamkorligida “Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning tashkiliy asoslari” nomli seminar bо‘lib о‘tdi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida о‘tkazilgan ushbu seminarda tizim mutasaddilari hamda Oliy о‘quv yurtlarining prorektorlari, ilmiy izlanuvchilar hamda ilmiy maslahatchilar ishtirok etishdi.

Seminarda Agentlikning Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘limi boshlig‘i Shohida Sodiqova 304-sonli qaror talablarini batafsil, atroflicha tushuntirib berdi va maxsus taqdimot о‘tkazdi. Taqdimotdan sо‘ng, Oliy attestatsion komissiyasi raisi A.T.Yusupov, fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining о‘rinbosari O.A.Tо‘ychiyev hamda agentlik bо‘lim boshlig‘i SH.M.Sodiqovalar yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Savol-javoblardan shu ma’lum bо‘ldiki, bugungi kunda ikki bosqichli doktorantura tizimida ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar uchun kо‘plab qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, tayanch doktorantura (phd) bosqichida dissertatsiyaning hajmiga quyilgan talablar qisqartirilib, uning sifati yuqori bо‘lishi asosiy ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari meyoriy hujjatlar hamda qо‘shimcha tashkiliy ishlar ham optimallashtirilgani tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardandir.

Ochiq va norasmiy tarzda о‘tkazilgan ushbu tadbir tadqiqotchilarni о‘ylantirayotgan barcha savollariga javob olishlariga hamda ba’zi masalalarga aniqlik kiritilishiga zamin yaratdi. Tadbir yakunida respublikadagi turli fan tarmoqlarida olib brilayotgan ilmiy tadqiqotlar davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirildi va seminar tashkilotchilari tadqiqotchilarga omad tilab, bundan keyin ham mutasaddi tashkilotlar tomnidan barcha yordamlar kо‘rsatilishini aytib о‘tishdi.

Ilmiy bо‘lim