MAMLAKAT TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIGA NAVBATDAGI QADAM
Сайт янги лойхасига ўтиш

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida davlatimiz rahbarining о‘tgan yil yakunida Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasi hamda uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasasi professor-о‘qituvchilari, siyosatshunoslar va talabalar ishtirok etgan tadbirda, Murojaatnomaning bugungi va ertangi kunimizda – mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning borishidagi о‘rni xususida gapirilib, tahliliy muhokamalarga navbat berildi.

7.01.2019.001

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga qilgan Murojaatnomasi tagmazmunidan kelib chiqsak, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” keyingi vaqtlarda mamlakatimizda keng quloch yoza boshlagan, tobora kuch-quvvatga tо‘lib borayotgan hayotbaxsh islohotlarning izchil davomi bо‘ladi, - dedi institut rektori (v.v.b) Gо‘zal Xalikulova. – Kelgusi yil jamiyat hayotida innovatsiya, investitsiya hamda modernizatsiya yо‘nalishlaridagi va ayni paytda ijtimoiy sohadagi rivojlanish yangi bosqichga kо‘tariladi.

Shuningdek tadbir davomida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi sho`ba mudiri Abduhalil Mavrulov ham sо‘zga chiqib murojaatnoma xususidagi о‘z xulosalarini bildirib о‘tdi.

7.01.2019.004

– Davlatimiz rahbari ma’ruzasida investitsiyani mamlakatga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishining asosiy sharti deya ta’kidlagani bejiz emas. Zamonaviy dunyoda bu sodda aksioma о‘z isbotini turli mamlakatlar boshqaruvi misolida qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani nihoyatda ahamiyatlidir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bо‘yicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantirish ertaga totli mevasini bermay qolmaydi. Bu tendensiyaning yana bir tomoni – davlatning eksport salohiyatini oshirishdir. Prezidentimiz о‘z nutqida eksportga yо‘naltirilgan iqtisodiyotga о‘tish taraqqiyotimizning muhim, ajralmas qismiga aylanishi lozimligini yana bir bora eslatdi.

7.01.2019.002

Aytish joizki, О‘zbekiston о‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga navbatdagi qadamni tashladi. Bu yо‘l xalqimiz orzu-istak­larini chin ma’noda rо‘yobga chiqaradigan nurafshon manzillarga eltishiga aslo shubha yо‘q.

Axborot Xizmati