MILLIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH YO`LIDA

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrda imzolangan “О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori respublikamizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar taraqqiyotining yorqin namunasidir. Ma’lumki, yaqinda Prezidentimiz tashabbuslari bilan О‘zbekiston ijodkorlarini qо‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, О‘zbekistron davlat filarmoniyasi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida joriy yilning 5 dekabrda bо‘lib о‘tgan “О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi ushbu tarixiy qarorning mazmun-mohiyatini о‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarni institut rektori, filologiya fanlari doktori I.Yuldashev kirish sо‘zi bilan ochib berdi.

06.12.2018.002

Institut rahbari ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning tag zamirida barkamol insonni tarbiyalash, ta’lim-tarbiya masalalarida sharqona urf-odatlarga tayanish, yosh ijodkorlarni qо‘llab-quvvatlash, madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish masalalari borligini e’tirof etdi. Bu kechiktirib bо‘lmas masalalar madaniyat va san’at sohasida ish olib borayotgan ziyolilar, xususan institut professor-о‘qituvchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashini ta’kidlab о‘tdi.

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori A.Umarov “Madaniy siyosatimiz taraqqiyotida yangi bosqich” mavzusidagi ma’ruzasida konsepsiyaning asosiy vazifalari deb ta’kidlanayotgan tarixiy va madaniy merosimizni saqlash, Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 1 iyuniga qadar “Madaniyat tо‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish masalalarida о‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

06.12.2018.004

06.12.2018.003

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professori, siyosiy fanlari nomzodi A.Haydarov о‘z ma’ruzasida О‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalarini, о‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimi yaratilganligi, Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etishga qо‘yilgan vazifalar, har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani hamda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining о‘tkazilishi noyob merosimizning nufuzini jahon miqyosida oshirish yо‘lida muhim amaliy qadam bо‘lganligi haqida fikrlarini bildirdi.

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi mudiri v.b. B.Salaydinovning ma’ruzasida Konsepsiyaning madaniy islohotlar borasida tutgan о‘rni, shuningdek ushbu Prezident qarori “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika kо‘rik-tanlovlarini an’anaviy ravishda о‘tkazilishi, Madaniyat vazirligining har yili 21-27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, teatr rassomlarining kо‘rgazmalari, teatr liboslari va dekoratsiyalarini tashkil etish borasidagi yangiliklar har bir ijodkor uchun ilhom manbai bо‘lishini gapirdi. Ilmiy-amaliy seminarga taklif etilgan professor-о‘qituvchilar, talabalar ushbu mavzu bо‘yicha muzokaralarda о‘z fikrlarini bildirdilar.

Axborot xizmati