KONSTITUTSIYA VA MA’NAVIYAT

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yillik bayrami munosabati bilan “Konstitusiya va ma’naviy rivojlanish” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya bо‘lib о‘tdi.

Unda О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mamlakatimiz ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi о‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida qonunlarga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Konstitusiya qabul qilinganining yigirma olti yillik sanasini keng nishonlash maqsadida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

4.12.2018.004

4.12.2018.008

Konferensiyada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, “О‘zbekkino” milily agentligi bosh direktori, talabalar va keng jamaotchilik vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida faol va bilimli, tashabbuskor yoshlarga О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tayyorlangan kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

4.12.2018.006

4.12.2018.005

Yakunda “Vatan” kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik va oliyjanoblik tuyg‘ularini madh etuvchi “Hayot” badiiy filmi namoyish etildi.

4.12.2018.009

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot xizmati