ENG MUHIMI - YOSHLIKDAGI TARBIYA

Bolaligimdan san’at va madaniyat sohasiga juda qiziqqanman. Yillar о‘tdi, hozirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti, “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishining 4-bosqich talabasiman.

Yosh bо‘lishimga qaramay ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman. Xususan, ulardan biri “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining insonparvarlik fazilatlarini shakllantirishda san’at va madaniyat muassasalarining о‘rni” deb nomlanadi.

Olmazor tumanida Joriy yilning 29 iyunida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bо‘lib о‘tgan yig‘ilishda men ham ishtirok etdim. Shunda men, prezidentimizga о‘zimning taklifim bilan murojaat qildim: "Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan madaniyat muassasalar о‘rtasida doimiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yish bо‘yicha dastur ishlab chiqish kerak". Prezidentimiz mening bu taklifimni qо‘llab quvvatladilar.

Hozirda taklifim ijroga aylandi. Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin bilan uchrashuvimda ham bir qancha qilinishi lozim bо‘lgan ishlarni belgilab oldik. Dastlab, joriy yilning dekabr oyiga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan Madaniyat vazirligi о‘rtasida memorandum imzolanishi rejalashtirilgan. Endilikda Maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida bolalar psixologiyasidan kelib chiqib aynan bog‘cha bolalari uchun kerakli bо‘lgan san’at va madaniyat tо‘garaklari tashkil etiladigan bо‘ldi.

Aynan shu mavzuda ish boshlaganim, bu boradagi barcha intilishlarim va say-harakatlarim avvalo bolalarni murg‘aklik davridan boshlab ya’ni maktabgacha ta’lim tarbiya davridan boshlab san’at, madaniyat, kitob о‘qish bilan oshno qilib eng avvalo ularda Insonparvarlik, Vatanparvarlik, fazilatlarini shakllantirishga о‘z hissamni qо‘shishdir. О‘z-о‘zidan ayonki, bolalar murg‘aklik davridan oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida yaxshi fazilatlar bilan tarbiyalansa kelajakda ulardan yomonlik chiqmasligiga ishonaman.

Men, institutni tamomlab magistratura, sо‘ng doktoranturada о‘qishni hozir tanlagan mavzuim bо‘yicha davom ettirib, keyinchalik ham ilmiy izlanish olib bormoqchiman. Bergan taklifim о‘z g‘oyam yuzasidan men о‘zimga ham qilinishi kerak bо‘lgan bir qancha ishlarni belgilab olganman. Institutni tamomlab о‘z ish faoliyatimni О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida boshlab, bog‘chalarda san’at va madaniyat tо‘garaklarni tashkil etish yuzasidan ham alohida о‘zimning ish faoliyatimni boshlashni о‘z oldimga reja qilib qо‘yganman. Bu borada men izlanishdan tolmayman. Chunki, Muhtaram Prezidentimiz har ma’ruzalarida aynan qanday soha bо‘lmasin avvalo bolalarni gо‘dakligidan tarbiyalamoq zarur deb ta’kidlaganlarida mening hozirgi tanlagan mavzuyim haqiqatda dolzarb va kelajakda о‘zining mevasini beradigan kerakli g‘oya ekanligidan mamnun bо‘lib, bu borada yanada kо‘proq yangi inovatsion g‘oyalarni о‘ylab topishimga kuch bag‘ishlaydi. Shunday ekan, yosh avlodlarni san’atga madaniyatga mehrini ularni aynan murg‘aklik davridan boshlab uyg‘ota olishga о‘zimning xissamning qо‘sha olsam men о‘zimni juda bahtiyor xis etaman.

Bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanish barchamizning, xususan madaniyat xodimlarining asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, yosh avlod tarbiyasida barchamiz birdek mas’ulmiz!

5.11.006

Ismanova Azizaxon Mahammadali qizi,

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti,

“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish”

ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi