BO`LAJAK QO`G`IRCHOQ SAN`ATI USTALARI UCHUN YANA BIR QO`LLANMA

Ushbu yilning iyun oyida Teatr san’ati fakulteti “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi xodimlari tomonidan respublikamizdagi davlat qо‘g‘irchoq teatrlari bilan hamkorlikda “Respublika davlat qо‘g‘irchoq teatrlarining professional faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yechimlari” mavzuida respublika ilmiy-amaliy seminari о‘tkazilgan edi.

5.11.001

Bugun, ana shu seminar mavzui doirasida kafedraning professor-о‘qituvchilari tomonidan yozilib, uch yil mobaynida chop ettirilgan ilmiy maqolalar tо‘plami nashrdan chiqarildi.

Unda qо‘g‘irchoq teatri san’ati tarixi, bugungi ijodiy faoliyat bilan bog‘liq yutuq va kamchiliklarga doir maqolalar o`rin olgan. Shuningdek, bu yo`nalishda ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan raqobat qila olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozimligi yuzasidan tavsiyalar keltirib о‘tilgan bо‘lib, qo`llanma talabalar uchun о‘quv-uslubiy darslik sifatida tavsiya etilgan.

5.11.002

50 nusxada chop ettirilgan qо‘llanmaning 10 donasi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Axborot resurs markaziga taqdim qilindi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot xizmati