О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRI BAXTIYOR SAYFULLAYEV О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIGA KELDI.

Tashrif davomida Baxtiyor Sayfullayev institutning bugungi kundagi faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, sо‘ng oliy ta’lim muassasasi xodimlari bilan uchrashdi.

2.11.005

Uchrashuvda, institut о‘qituvchilarining ilmiy salohiyati, san’at va madaniyat sohalaridagi о‘zgarish va yangiliklar, bitiruvchi yosh mutaxassislarning bilim darajasi shuningdek ularning kelajakdagi ish faoliyati xususida sо‘z yuritilib, kо‘zga tashlanayotgan ayni paytdagi muammo va kamchiliklarga ham tо‘xtalib о‘tildi.

2.11.002

2.11.001

– San’at va madaniyat sohasida tahsil olayotgan yoshlarning bilimi, ijodiy salohiyati kundan kunga о‘sib borishi lozim, bu esa eng avvalo sizlarga bog‘liq, – dedi Madaniyat vaziri о‘qituvchilar bilan uchrashuvdagi nutqida. – Sizdan talab qilingan eng muhim narsa, ta’lim berish sifatini oshirish va bugungi yosh talabani ertaga о‘z kasbining yetuk mutaxassisi qilib tarbiyalashdir. Prezidentimiz taklifi bilan alohida iste’dod talab qilinadigan oliygohlarga kirishni xohlovchilar uchun test sinovlari о‘rniga ijodiy imtihonlarning qо‘yilganligi ham aynan shundan. Sо‘nggi ikki yilda san’at va madaniyat sohasida katta о‘zgarishlar bо‘ldi va ular davom ettirilmoqda. Bizning va sizlarning vazifangiz, ana shu ijobiy о‘zgarishlarning kelajakda о‘z samarasini berishida kamarbasta bо‘lishdir.

2.11.007

Suhbat jarayonida Baxtiyor Sayfullayev barcha о‘qituvchilarni yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga yanada faol ishtirok etishga chaqirdi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot xizmati