SUHBAT BIZ UCHUN KICHIK BIR HAYOT DARSI BO`LDI

     Kino, televideniye va radio san`ati fakulteti talabalari, institutimiz rektori Ibrohim Yuldashev bilan yaqindan suhbat qilish uchun o`quv teatri binosiga yig`ildik. Suhbat boshida, ustoz gapni hozirda tasvirga olinayotgan milliy kinolarimizning saviyasi, hamda ularda ko`zga tashlanayotgan muammo va kamchiliklardan boshladi.

– Bunga sabab nima? Asosiy sabab, dramaturgiyada ortda qolayotganligimizda, yaxshi ssenariylar yozilmayotganligida, rejissyorlarimiz kinossenariyni o`zi yozib, o’zi olayotganligida, – dedi rektorimiz o`z so`zida.

taassurot 3

    Ha, bu gap haqiqat. Biroq bugun, yurtimizda bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida san`at sohasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, shu yili institutimizga o`qishga kirish uchun davlat test sinovlari olib tashlanganligi, bo’lajak talabalarga o’zlarini ko’rsatish uchun imkoniyat yaratilganligi shular jumlasidandir.

taassurot 1

    Tadbirimiz anchagina qiziq, bahs-munozaralarga boy tarzda o`tdi. Menga va kursdoshlarimizga ayniqsa, rektorimizning avvalo samimiyliklari va talabchanliklari manzur bo`ldi. Men ham suhbatda faol ishtirok etdim. O`z takliflarimni chizmalarim orqali namoyish qildim. Masalan, o`quv binosiga kiraverishda jonajon ta`lim dargohimiz ramzi tushurilgan kitob bo’lishini, katta yo`l yoqasidan institutimiz joylashgan tor ko`chaga kiraverishda ham “san’at va madaniyat institute” yozuvi hamda haykal tarzida o`rnatilgan ramzi bo`lishini xohlardim. Yana bir narsa, institut hovlisiga o’zgacha bir chiroy, o’zgacha dizaynga ega fantan o’rnatish lozim deb o’ylayman. Umuman aytadigan bo`lsam, bizning institut boshqalaridan ajralib tursa degandim.

    Bu takliflar rektorimizga ham ma`qul bo`ldi, deb o’ylayman. Qisqasi suhbat barcha talabalar uchun kichik bir hayot darsi bo`ldi. Bunday suhbatlar tez-tez o’tkazib turilishini xohlaymiz. Biz uchun o’zlarining qimmatli vaqtlarini qizg`onmagan rektorimiz Ibrohim Yuldashevga katta rahmat. Biz yoshlar yaxshi o’qib, institutimiz obro`yini yuqori o`rinlarga ko’tarishga va’da beramiz.

Abbos Xurramov,

Kino, televideniye va radio san`ati fakulteti birinchi bosqich talabasi