REKTOR VA BIRINCHI BOSQICH TALABALARI О‘RTASIDA OCHIQ MULOQOT

Uchrashuvda talabalar ta’lim sohasida о‘zlarini qiziqtirgan savollarni, bir oylik о‘qish davri mobaynida institutda kо‘zga tashlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif-mulohazalarini oliy ta’lim muassasasi rahbari Ibrohim Yuldashev bilan muhokama qilishdi.

12.10.18 5

– Bizning ishda – ta’lim sohasida tartib-intizom doimo birinchi о‘rinda turadi. Intizom, tarbiya yо‘q joyda bilim ham ilm ham bо‘lmaydi, – dedi rektor I. Yuldashev tadbirning ochilish qismida. – Siz endigina о‘qishning bir oyini kо‘rdingiz xolos. Hali oldingizda tо‘rt yillik talabalik mas’uliyati turibdi. Shunday ekan keling, bir narsada sizlar bilan kelishib olsak. Siz, mana shu tо‘rt yil mobaynida, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakat qilasiz, ta’lim olish jarayonida esa qandaydir muammo va kamchiliklar bо‘ladigan bо‘lsa, eshigim sizlar uchun doimo ochiq.

12.10.18 1

 muammo yuzasidan chaqiruv

 

Suhbat davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar rektorning yondaftariga belgilab borildi. Muammolarning ayrimlari о‘sha yerning о‘zida hal qilindi, qolganlari esa bosqichma bosqich barataraf etish uchun fakultet dekanlari zimmasiga yuklatildi.

12.10.18 2

12.10.18 4

Tadbirda kutilmagan mehmon

Ha, darvoqe, rektor bilan ochiq suhbatlar fakultetlar kesimida alohida-alohida tashkil etilmoqda. Navbat “Xalq ijodiyoti” talabalariga.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Axborot xizmati