ULAR INSTITUTIMIZ FAXRI

     Institutimizda san`at va madaniyat rivoji uchun kelajakda munosib hissa qo`sha oladigan iqtidorli, har qancha faxrlansa arzigulik yutuqlarni qo`lga kiritayotgan talaba-yoshlarimiz talaygina. Bugun ulardan ayrimlari, avvalo, tirishqoqliklari qolaversa oliy ta`lim muassasasidagi ta`lim-tarbiya muhitining samarasi o`laroq davlatimizning yoshlarga nisbatan yuksak e`tirofiga sazovor bо‘lishdi.

    Iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan nufuzli stipendiyalarga (О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomidagi stipendiya, ) uch nafar talabamizning loyiq ko`rilishi katta natija, albatta. Ular institutimiz faxri, ustozlarimizning mashaqqatli mehnati mahsulidir.

stipendiyant 1

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabasi Fotih Nasimov

stipendiyant 2

Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Berdiyeva Sabina

stipendiyant 3

О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi stipendiyaga Xalq ijodiyoti fakulteti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Rustamaliyeva Shahnoza loyiq deb topildi.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Axborot xizmati