BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a’zolari, professor-о‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni institut Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zuhra Norkuziyeva ochib berdi.

коррупция 2

– Korrupsiya jamiyat uchun eng xavfli illatlardan biridir, – dedi Z. Norkuziyeva. – Xalqimiz azaldan qadrlaydigan, hamma narsadan ustun qо‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifadir. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirishda har bir fuqaro qayerda, qanday muammoga duch kelsa, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bо‘lganda indamay ketaverish yaramaydi.

Shuningdek, tadbir davomida jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yо‘l qо‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta, muqarrar ekani tо‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bо‘yicha qat’iy choralar kо‘rish zarurligi aytilib, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kо‘plab ishlar amalga oshirilayotganligi alohida ta’kidlab о‘tdi.

коррупция 3

коррупция 4

Davra suhbatida talabalar ham о‘z fikr-mulohazalari va savollar bilan faol ishtirok etib, о‘zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali ustozlardan javob oldilar.

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Axborot xizmati