O`zDSMI TALABALARI DIQQATIGA!

“Yil talabasi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bо‘yicha о‘tkaziladi:

- “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi”

Bunda talabaning institutga о‘qishga kirgan kunidan boshlab fanlarni о‘zlashtirish va о‘quv jarayonlaridagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun - mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar kо‘rib chiqiladi;

- “Yilning eng tashabbuskor talabasi”

Bunda talabaning institut, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, ishtirokchilik qobiliyat va shu asosda о‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari kо‘rib chiqiladi;

- “Yilning ixtirochi talabasi”

Bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalar, ratsionalizatorlik takliflari, uning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati kо‘rib chiqiladi;

- “Yilning sportchi talabasi”

Bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari kо‘rib chiqiladi;

- “Yilning ijodkor talabasi”

Bunda talabaning san’at, adabiyot, yutuqlari va erishgan natijalari kо‘rib chiqiladi;

Mas’ul xodim:

Iqtidorli talabalar bilan ishlash uslubchisi E.Nazarova