New arrivals
Сайт янги лойхасига ўтиш

Ijtimoiy-siyosiy sohaga oid adabiyotlar


yangi adabiyot Ислом Каримов-мустакил Ўзбекистон асосчиси. –Тошкент «Санъат» журнали нашриёти, 2018. -352 б.

Мазкур алъбом Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг ёркин хотирасига бағишланади.


yangi adabiyot Интелектуал ёшлар-ватанимиз келажаги: олий ўқув юртлариаро конференция ғолибларининг илмий ишлари тўплами. -Тошкент; Таълим нашриёти, 2018. -376 б.

Мазкур тўпламда турли олий ўқув юртлари талабаларининг илмий мақолалари берилган.


yangi adabiyot Mard о‘g‘lonlar nomi barhayot. –Toshkent: О‘zbekiston, 2018. -560 b.

Ushbu kitobda Vatanimiz mustaqilligini yovuz kuchlardan himoya qilishda fidoyilik kо‘rsatgan mard va dovyurak о‘g‘lonlarimizning jasoratlari haqida hikoya qilinadi.


yangi adabiyot Ўзбекистон Республикаси президенти ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2017 йилда таълим, фан, санъат ва маданият соҳасида қабул қилинган фармон, фармойиш ва қарорлар. –Тошкент: Турон-Матбаа МЧЖ, 2018. -206 б.

Мазкур мажмуада Ўзбекистон республикаси Президенти ва Ўзбекистон республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2017 йилда таълим, фан,санъат ва маданият соҳасида қабул қилинган фармон, фармойиш ва қарорлар ўз аксини топган.


Kitob ishi. Kitobshunoslik


yangi adabiyot Йўлдошев И. Ўзбек китобат санъати ва терминологияси: монография. –Тошкент: Турон-Иқбол, 2018. -288 б.

Мазкур монография ўзбек маданиятшунослиги, тарихшунослиги ҳамда тилшунослигида ҳали тўлиқ тадқиқ этилмаган китобатчилик тарихи ва терминологиясининг шаклланиши, тараққиёти масалаларига бағишланади.


Folklorshunoslik sohasiga bо‘yicha adabiyotlar


yangi adabiyot Jо‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -176 b.

Ushbu о‘quv qо‘llanmada о‘zbek xalq folklor san’atining tarixi, rivojlanish bosqichlari, folklorshunoslik maktablari va metodlari kabi masalalar yoritilgan.


yangi adabiyot Mamatqosimov J. О‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish: monografiY. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -172 b.

Monografiyada nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga oid masalalar yoritilgan


yangi adabiyot Qurbanova U. Folklor qо‘shiq ijrochiligi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -96 b.

Ushbu о‘quv qо‘llanmada xalq folklor ijrochilik amaliyotida mavjud oddiy va murakkab Xorazm xalfa qо‘shiqlari jamlangan.


Badiiy adabiyotlar


yangi adabiyot Bо‘rixon L. Quyosh hali botmagan: qissa. –Toshkent: Yoshlar uyi nashriyoti, 2018. -176 b.

Adib ushbu qissasida yoshlarning turfa sarguzashtlari, hayot sо‘qmoqlarida duch kelgan sinovlari, jasorat, mardlik va muhabbat majorolaridan hikoya qiladi.


yangi adabiyot Gyote I.V. Yosh Verterning iztiroblari: roman. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. -196 b.

Jahon adabiyoti tarixida muhim о‘ringa ega bо‘lgan ulug‘ nemis shoiri I.V.Gyote umri sо‘ngida nasriy asar yozishga jazm etgan. Buning samarasi о‘laroq «Yosh Verterning iztiroblari» romani dunyoga kelgan.


yangi adabiyot Dumbadze N. Ellada: hikoya-ertak. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. -256 b.

Ushbu majmuada jahon adabiyoti durdonalariga aylangan bir nechta asarlari jamlangan.


yangi adabiyot Hoshimov О‘. О‘zbeklar: hikoyalar, о‘ylar, hajviyalar. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. -256 b.

Mazkur kitobda adibning hikoyalari, о‘ylari va hajviyalari berilgan.


yangi adabiyot Xolmirzayev SH. О‘n sakkizga kirmagan kim bor: qissa. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. -96 b.

Yuksak badiiy asar haqqoniy hayot aksidir. Shuning uchun ham о‘quvchi unda о‘zini topadi, о‘zining aksini kо‘radi, hayajonlanadi, quvonadi, yig‘laydi, iztirobga tushadi. Bir sо‘z bilan aytganda asar qahramonlari bilan yashaydi. Taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning ushbu qissasi о‘quvchi qalbiga ana shu tarzda kirib boradi.


yangi adabiyot Xondamir G‘. Makorim ul-axloq. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. -232 b.

Ushbu asar Alisher Navoiyning sermahsul adabiy va ilmiy faoliyati bilan birgalikda, mamlakatning siyosiy barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ilm-fan madaniyati, adabiyoti va san’atining taraqqiyotiga qо‘shgan ulkan hissasi, olijanob xulqlari, yuksak insoniy fazilatlari tо‘g‘risida ma’lumotlar beradi.


San’at sohasiga oid adabiyotlar


yangi adabiyot Абдувоҳидов Ф. Сурхондарё вилояти мусиқали драма театри кеча ва бугун: монография –Тошкент: Ворис, 2017. -320 б.

Ушбу китобда Сурхондарё вилояти мусиқали драма театрининг шаклланиш ва ривожланиш тарихи йирик режиссёрлик ва актёрлик ишлари орқали баён қилинган.


yangi adabiyot Abrayqulova N Raqs: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -156 b.

Mazkur о‘quv qо‘llanmada raqs san’atini о‘rganishda asos bо‘luvchi barcha fanlar yoritib berilgan.


yangi adabiyot Abdullayev D.D., Usmanova L.D. Qо‘g‘irchoq boshqarish asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -124 b.

Ushbu о‘quv qо‘llanmada simli qо‘g‘irchoqni aynan boshqarishdagi о‘ziga xos uslub va jihatlari kо‘rsatilgan.


yangi adabiyot Иброхимов О.А. Мақом асослари: ўқув қўлланма. –Тошкент: Турон-Иқбол, 2018. -160 б.

Ўқув қўлланмада мумтоз мақомлар тарихи, назарияси ва ижрочилиги билан боғлиқ айрим масалалар, шунингдек, бизнинг давргача етиб келган Хоразм ва Фарғона-Тошкент, Бухоро мақом йўллари мухтасар ёритилган.


yangi adabiyot Республика давлат қўғирчоқ театрларини профессионал фаолиятини такомиллаштиришнинг илмий-амалий ечимлари мавзусидаги республика илмий-амалий семинар. –Тошкент; 2018. -164 б.

Ушбу илмий мақолалар тўплами профессор-ўқитувчилари томонидан таълим ва театр ўртасидаги интеграция масалалари ўрганилиб, мавжуд муаммоларни хал қилишга қаратилган илмий қарашлар ва мулоҳазалари ўз аксини топган.


yangi adabiyot Muzafarova S. Aranjirovka: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -248 b.

О‘quv qо‘llanmada jamoani tashkil etish, u bilan ishlash, repertuar tanlash, vokal-xor jamoalari uchun aranjirovka qilishning muhim elementlari ustida ishlashning uslubiy yо‘nalishlari va muallif tomonidan aranjirovka qilingan asarlar tо‘plami mujassamlangan.


yangi adabiyot Turatov S. Xalq cholg‘ularini о‘rganish: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -112 b.

Ushbu о‘quv qо‘llanmada о‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri partiturasi bо‘yicha cholg‘ulardan nay, surnay, qо‘shnay, chang, qonun, rubob prima, qashqar rubobi, afg‘on rubobi, dutorlar oilasi, urma zarbli cholg‘ular, kamonli cholg‘ular tо‘g‘risida ma’lumot va ularda ijro qilish kо‘nikmalari va cholg‘ular uchun maxsus asarlar keltirilgan.


yangi adabiyot Tursunboyev S., Abduvoxidov F. Teatr tarixi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -248 b.

О‘quv qо‘llanmada Yevropa teatrining antik davridan XXI asrgacha bо‘lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan.


yangi adabiyot Umarov M., Yuldashev T. Rejissyorlik va aktyorlik san’ati asoslari: darslik. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -320 b.

Mazkur darslikda rejissura va aktyorlik san’atiga oid manbalar yoritilgan.


yangi adabiyot Fayziyeva F.X. Dublyaj san’ati asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -104 b.

О‘quv qо‘llanmada dublyaj san’ati masalalariga oid manbalar yoritilgan.


yangi adabiyot Xodjayeva M. Xor partiturasini о‘qish: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -96 b.

Mazkur о‘quv qо‘llanmada xor partiturasini о‘rganish vazifalari, turlari, shakl va xususiyatlari batafsil yoritilgan.


Dinshunoslik bо‘yicha


yangi adabiyot Имом Бухорийдан қирқ ҳадис. –Тошкент: Мовароуннаҳр, 2018. -48 б.

Буюк муҳаддис Имом Бухорийнинг “Ал-жомеъ ас-саҳиҳ” асари Пайғамбаримиз Муҳаммад (салаллоҳу алайҳи ва саллам)нинг айтган гаплари, қилган ишлари, фаолиятлари хақида хабарларни жамлаган дунёдаги энг ишончли китоб хисобланади. Ушбу рисолада ана шу китобдаги ҳадислардан ёшлар учун мўлжалланган турли мавзудаги қирқ ҳадис тўпланган.


yangi adabiyot Имом Термизийдан қирқ ҳадис. –Тошкент: Мовароуннаҳр, 2018. -48 б.

Юртимиздан етишиб чиққан машҳур мухаддис олим Имом Абу Исо Термизийнинг “Жомеъус сунан” асари энг ишончли олти ҳадис тўплами сирасига киради. Унда турли мавзулардаги ҳадислар жамланган. Ушбу рисолада ана шу китобдан саралаб олинган қирқ ҳадис ва уларга изоҳлар жамланди.