Home
Здание творческих мастерских
Мастерские, оснащенные современной техникой
Хореографические мастерские
Здание творческих мастерских
Учебный театр
Учебный театр
Учебный корпус
Учебный корпус
Информационно-ресурсный центр
Богатый фонд к услугам студентов
Административный корпус
Созданы все условия для учебы

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 23 may kuni “Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bо‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bо‘limi bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi kuni” tadbiri о‘tkazildi.

Read more...

Institut Talabalar Turar Joyida talaba qizlar bilan oshqozon kasalliklari bо‘yicha shifokor Djanikulov Ixtiyor Fayzullayevich hamda katta hamshira Mehribon Kamilovnalar ishtirokida tо‘g‘ri ovqatlanish hamda shaxsiy gigiyena qoidalari tо‘g‘risida davra suhbati bо‘lib о‘tdi. I.Djanikulov:- “Ratsional ovqatlanish” deganda kо‘pchilik mazali, tо‘yimli, ekologik toza bо‘lmagan ozuqalarni nazarda tutadi. Bu katta xatodir. Aynan shunday ozuqalar kо‘pgina surunkali kasalliklar (semirish, qandli diabed, yurak qon tomir va me’da-ichak tizimi kasalliklari, arterial bosimning ortishi, insult)ni vujudga keltirib, mehnat faoliyati susayishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi kishilarning yaxshi kо‘rgan taomlarini ortiqcha iste’mol qilishi natijasida esa oqsillar, uglevodlar, yog‘lar о‘rtasidagi muvozanatni buzilishiga va buning oqibatida ozuqaviy moddalarning biologik jihatdan tо‘liq bо‘lgan talaygina vitaminlar, makro va mikro elementlar yetishmasligiga, sabzavot va mevalar, sutli mahsulotlardan yetarlicha foydalanmaslikka sabab bо‘ladi”- deya о‘z fikrlarini batafsil misolar asosida gapirib о‘tdi.

Read more...