Tahririyat va nashriyot bo'limi
Tahririyat va nashriyot bo'limi boshlig'i:
Raimqulova Nafisa Xomitkulovna

Qabul vaqti: har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha.

(+99871) 230-28-13
Tahririyat va nashriyot bo'limi haqida:

 

Tahririyat va nashriyot bo'limi maqsadi va vazifalari:
 
Tahririyat va nashriyot bo'limining faoliyati:

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Tahririyat va nashriyot bo'limida “Ijodiy parvoz” nomli madaniy-ma'rifiy, ilmiy-axborot gazetasi faoliyat yuritadi. Gazeta o'z faoliyatini 2012 yil 19 dekabrdan boshlagan va xuddi shu sanadan Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasida №02-00166 raqami bilan ro'yxatga olingan. Shu kungacha “Ijodiy parvoz” gazetasining 64 ta soni nashr etilgan.

Gazeta o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida A-2 formatda, 4 sahifadan iborat bo'lib, har oyning oxirgi haftasida, 1250 nusxada chop etiladi. Ushbu gazetada OTM, san'at madaniyat instituti professor-o'qituvchilari va tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ijodiy-madaniy, ma'rifiy, san'at, sport va turli tadbirlarda, ko'rik-festivaldagi yutuqlari, olib borayotgan faoliyatlari, ta'lim jarayonlari yoritiladi.

Shuningdek, talabalarning maqola, risola, ilmiy tadqiqot, she'r, suhbat, intervyu, reportaj, badiha, esse, xabar, intermediya, hajviy yumoristik hikoyalar, aforizm, etyud, dramatik parchalar kabi turli adabiy janrdagi ijodiy namunalari ham gazeta sahifalarida berib boriladi.

Bundan tashqari, Respublikamiz hayotida ro'y berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar hamda institut hayotida yuz berayotgan ijodiy yangiliklar, ilmiy anjumanlar, yorqin voqeliklar, uchrashuv, adabiy-badiiy kechalar va turli tadbirlar eng faol, tajribali o'qituvchilarning hamda ilg‘or namunali talabalarning o'qish faoliyatlari ham keng yoritilib boriladi.

Bir so'z bilan aytganda, gazeta – institutning oynasi. Shuning uchun institutda amaliyot oshirayotgan barchaga o'rnak bo'ladigan o'quv-o'qituv, madaniy-ma'rifiy, tashkiliy masalalar institut gazetasida muntazam chop etib boriladi.

2017 o'quv yilidan boshlab institutda “O'zDSMI XABARLARI” ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnali chiqarila boshlandi. Jurnal oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, ilmiy xodimlar, art-tanqidchilar, madaniyat va san'at tizimi tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalarga mo'ljallangan bo'lib, Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasining 2015 yil 14 dekabrdagi 0862-sonli “Ommaviy axborot vositasi davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g‘risida guvohnoma”si olingan.

Jurnal O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2017 yil 29 noyabrdagi 245/6-sonli qarori biln San'atshunoslik fanlari bo'yicha dissertatsiyalar yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritildi.

Jurnalning bir yilda to'rt marta nashr etilishi rejalashtirilgan bo'lib, hajmi 60x84 1/8 formatda, 100 betgacha, 1000 gacha tirajda chop etilish ko'zda tutilgan. Shu kungacha 7 sonlari 50 nusxada chop etildi. Jurnalda ilmiy maqolalar, ilmiy tadqiqotlar natijalari, yangi nashr etilgan o'quv adabiyotlari, yangi spektakl, film va ko'rgazmalar haqida ma'lumotlar berib borilishi bilan ahamiyatli.

O'zDSMI xabarlari ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnalida san'at va madaniyat sohalarining dolzarb masalalari, ushbu soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoniga tatbiq etilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari yuzasidan ilmiy xulosalar yoritilib boriladi.