Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i:
Dadamirzayev Olimjon Raximovich

Qabul vaqti: har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha.

(+99871) 230-28-17
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi haqida:

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bо‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda О‘zDSMI rektorining buyruqlari va qonuniy kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining maqsadi va vazifalari:
  • ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, о‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • ta’lim jarayoni sifatini, uning о‘quv adabiyotlari va о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini о‘rganish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi kо‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • talabalar amaliyotining ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • ta’lim sifati holatini о‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni О‘zDSMI rahbariyatiga taqdim etish va x.k.z.
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining me'yoriy hujjatlari:
 
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limining hisobotlari:

2018 yil 1-chorak bо‘yicha qilingan ishlar hisoboti