Kino, televideniye va radio san’ati
Fakultet dekani:
Rustamov Vaxob Kiyamovich

Qabul vaqti: haftaning chorshanba kuni, soat 14:00 dan 16:00 gacha.

(+99871) 230-28-27
Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
  • “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi
  • “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi
  • “Ovoz rejissiyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi
  • “Ijtimoiy gumanitar fanlari” kafedrasi
Fakultet qisqa tarixi

Kino,televideniye va radio san’ati” fakulteti 2012 yildan buyon О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti negizida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda 350 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda fakultet Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.

Fakultetning asosiy faoliyati “San’atshunoslik”, “Texnogen san’at”, “Rejissyorlik” ta’lim yо‘nalishlariga tegishli (“Teatrshunoslik”, “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Kino san’ati tanqidi va tahlili”, “Kinoteleoperatorlik”, “Kino va televideniye rejissyorligi, “Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi”, “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash) sohalar bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy (ijodiy)-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlarni bajarishga yо‘naltirilgan.

“Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti 1997 yil tashkil topgan va о‘sha paytda atigi 50 dan ortiq talaba tahsil olgan. 2005-2012 yillar oralig’ida “San’atshunoslik va texnogen san’ati” fakulteti nomi bilan yuritilgan.

“San’atshunoslik va texnogen san’at” fakultetiga ancha yillar davomida san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Abdumannon Ubaydullayev, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ramazanova Shoira Rixsibayevna rahbarlik qilib kelgan. “Kino, televideniye va radio san’ati” deb nomlangan fakultetga 2012-2017 yillar mobaynida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Arislanbayeva Zoya Yernazarovna, texnika fanlarii nomzodi, dotsent Fayziyev To’rabek Raufovich dekan lavozimida rahbarlik qilgan.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
  • 5151600 -Kasb ta’limi: Xalq ijodiyoti (cholg’u ijrochiligi)
  • 5151600 - Kasb ta’limi: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)
  • 5151600- Kasb ta’limi: Xalq ijodiyoti (Xalq ashula va raqs jamoalariga rahbarlik)
  • 5151600- Kasb ta’limi: Xalq ijodiyoti (Vokal jamoalariga rahbarlik)
  • 5150200-San’atshunoslik: Teatrshunoslik
  • 5150200-San’atshunoslik: Kino san’ati tanqidi va tahlili
  • 5150200–San’atshunoslik: Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi
  • 5150400–Rejissyorlik: Kino va televideniye rejissyorligi
  • 5151400-Texnogen san’ati: Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi
  • 5151500-Kino-teleoperatorlik 
  • 5151800-San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash
Magistratura mutaxassisliklari:
 
Professor-о‘qituvchilar tarkibi:

Fakultet о‘z tarkibida mutaxassis chiqaruvchi “Televideniye va radio rejissyorligi”, “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik mahorati”, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedralari hamda umuminstitut kafedrasi hisoblangan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarini birlashtiradi. Ushbu kafedralarda jami bо‘lib 6 nafar professor, 18 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 6 ta katta о‘qituvchi hamda 30 nafar assistent-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Ilmiy loyihalar:
 
Xalqaro hamkorlik:

 

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:

 

Iqtidorli talabalar: