Sirtqi va maxsus sirtqi ta'lim

Maxsus sirtqi bo'limi

Maxsus sirtqi ta’limga talabalarni faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yо‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yо‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bо‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli о‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 15 iyundan 15 iyuligacha qabul qilinadi.

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan kо‘chirma;
  • ishlab turgan sohadan tavsiyanoma;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.


 О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining maxsus sirtqi bо‘limida 2018/2019 о‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bо‘yicha qabul kо‘rsatkichlarining ta’lim yо‘nalishlari va о‘qitish tillari bо‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr Ta'lim yo'nalishlari To'lov-kontrakt asosida
Jami Shu jumladan
O'zbek Rus
  OTM bo'yicha jami: 50 40 10
 

Shu jumladan, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha

     

5150300

Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha): 50 40 10
5150302 Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi san'ati 50 40 10

 


Sirtqi bo'limi

Sirtqi ta’limga talabalarni qabul qilish umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 10 iyulidan 31 iyuligacha qabul qilinadi.

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining sirtqi bo'limida 2018/2019 yilida bakalavr tayyorlash bо‘yicha qabul kо‘rsatkichlarining ta'lim yo'nalishlari va о‘qitish tillari bо‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr Ta'lim yo'nalishlari To'lov-kontrakt asosida
Jami Shu jumladan
O'zbek Rus
  OTM bo'yicha jami: 200 145 55
 

Shu jumladan, magistratura mutaxassisliklari bo'yicha

     

5150200

San'atshunoslik (turlari bo'yicha): 50 30 20
5150203 San'atshunoslik: sahna va ekran san'ati dramaturgiyasi 25 15 10
5150208 San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili 25 15 10
5151700 Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish 50 40 10
5350600 Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) 100 75 25
5350600 Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya) 100 75 25