Iftixorimizga aylangan ijodkor

О‘z bilimi, yorqin salohiyati hamda tengsiz mahorati ila dunyo hamjamiyatini lol qoldirayotgan О‘zbekiston yoshlari har jabhada Vatan taraqqiyoti uchun ildam qadamlar tashlashgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bugun yurtimizda yoshlarimizni ilm olishi, jamiyatda mustahkam о‘rinlarini topishlari uchun qator islohotlar amalga oshirilayotgani quvonarlidir.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti doktoranti, institut Yosh olimlar kengashi raisi Eldar Yuldashev san’atshunoslik bо‘yicha falsafa doktori “PhD” ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Eldar Yuldashev О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil 4-iyundagi Qaroriga asosan tashkil etilgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ilk doktoranti hisoblanadi. Uning “О‘zbekiston kreativ sanoati kontekstida ovoz texnologiyalari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ovoz rejissurasi sohasidagi О‘rta Osiyodagi yagona dastlabki doktorlik ishi bо‘ldi. Mazkur dissertatsiyada О‘zbekiston san’atida ovoz rejissyorligini rivojlantirish, ovoz sifati va saviyasiga ta’sir kо‘rsatuvchi audio-texnik ta’minlashni о‘zgartirish va modifikatsiya qilish usullari, yuksak prodyuserlik mahorati, ekran madaniyati, klip estetikasi, art-xaus filmlarda yangicha tendensiyalar, zamonaviy televideniye taraqqiyotiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari yoritilgan bо‘lib, doktorant tomonidan mavjud masalalarni rivojlantirish uchun qator taklif va mulohazalar о‘rtaga tashlangan. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Milliy kinematografiya instituti tarkibida alohida mustaqil “Ovoz rejissyorligi” kafedrasini tashkil etish tо‘g‘risida kerakli tavsiyalar berilgan.

Eldar Yuldashev fan doktori ilmiy darajasiga yetishishida ustozlik qilgan professorlar О‘zbekiston san’at arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Jо‘ra Teshaboyev, oliy toifali ovoz rejissyori Igor Iosis, ilmiy maslahatchi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Abdurashid Xasanov ushbu ilmiy-tadqiqotning bugungi kun uchun aktual mavzuda yoritilishiga, kelgusida yosh kadrlarni tayyorlashda muhim ilmiy-uslubiy manba bо‘lib xizmat qilishiga e’tibor qaratishgan.

Doktorant о‘z sohasiga о‘ta qiziquvchan va mas’uliyatli yoshlardan bо‘lib, hozirda uning muallifligida Xorvatiya, Belgiya, Ispaniya, Turkiya davlatlari bilan hamkorlikda 4 ta xalqaro dastur ishga tushgan. Mazkur faoliyat yurtimizda ovoz rejissurasini rivojlantirish borasidagi qator innovatsion g‘oyalar ishlab chiqishda muhim dastur bо‘lib xizmat qilmoqda.

Eldar Yuldashev bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malakali pedagog sifatida talaba-yoshlarga ovoz rejissurasi va ovoz operatorligi, multimediya asoslari, ovozlashtirish san’ati borasida bilim berib, zaruriy amaliy kо‘nikmalarni shakllantirib kelmoqda. Qolaversa, turli xalqaro doiradagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda hamda respublika forumlarida о‘zining ilmiy maqolalari bilan faol qatnashadi. Eldar Yuldashev san’atshunoslik bо‘yicha falsafa doktori “PhD” ilmiy darajasini 32 yoshida olganligi nafaqat uning, balki, bugun yurtimizda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan barcha yoshlarning yutug‘i hamdir. Iftixorimizga aylangan ijodkorning kelgusi ishlari о‘zbek milliy san’atida ovoz rejissurasi taraqqiyoti uchun xizmat qilaversin. Mazkur hodisa esa yoshlarimizga yanada ilhom va kuch-quvvat bag‘ishlaydi!

Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi