“О‘zbekiston oliy ta’lim tizimida doktorantura ta’limining sifatini oshirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningi

Hozirgi kunda 2016-2019 yillarda bajarilishi mо‘ljallangan “О‘zbekiston oliy ta’lim tizimida doktorantura ta’limining sifatini oshirish (UZDOC 2.0: Furthering the Quality of Doctoral Education at Higher Institutions in Uzbekistan) mavzusidagi 573703-YERR-1-2016-1-VE-YERRKA2-SVNE-SP raqamli Erasmus+ dasturi loyihasi davom etmoqda.

Loyihada О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent moliya instituti, Namangan davlat universiteti, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari ishtirok etdilar.

Loyihaning navbatdagi seminar-trening 2018 yilning 5-9 fevral kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bо‘lib о‘tdi. Seminar-trening davomida 5-8 fevral kunlari О‘zbekistonda doktorlik ta’lim sifatini ta’minlash va ushbu tizimdagi islohotlar bilan tanishish maqsadida kengaytirilgan seminar-uchrashuvlar о‘tkazildi.

7 fevral kuni kengaytirilgan seminarda О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va о‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, mamlakatda faoliyat olib borayotgan Milliy Erasmus+ ofisi, Oliy ta’lim muassasalari va hamkor tashkilotlar vakillari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, hamda boshqa doktorantura ta’lim tizimini rivojlantirishga mas’ul tashkilot va bо‘limlar mutaxassislari ishtirok etdilar. Seminarda О‘zDSMI “Tillar va adabiyot” kafedrasi о‘qituvchisi Aripova Gulnoza Tulkunovna Italiyadagi Turin universitetida о‘rganib kelgan tajribalari haqida ma’ruza о‘qidi.

7 fevral kuni kengaytirilgan Seminar-treningda ishtirok etishga Respublikaning barcha OTMlaridan doktorantlar, ilmiy rahbarlar va xodimlar taklif etildi. Seminar-trening ishtirokchilariga sertifikatlar berildi.