Ilmiy kengash

Oliy ta’lim tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni kо‘rib chiqish maqsadida rektor raisligida Ilmiy Kengash tashkil etilgan.

Ilmiy Kengashining asosiy vazifasi: Institut jamoasi say –xarakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, kо‘nikmalarga ega bо‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yо‘naltirishdan iborat.

Institut Ilmiy Kengashining tarkibi rektor (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlari, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi.
Ilmiy Kengashning boshqa a’zolari, fakultetlarining umumiy majlislarida yashirin ovoz berish yо‘li bilan saylanadilar. Professor-о‘qituvchilar tarkibidan Ilmiy Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Ilmiy Kengash tarkibiga oliy о‘quv yurtining muayyan yо‘nalish muammolari bо‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Ilmiy Kengash vakolat muddati – 5 yil.

Ilmiy Kengash tarkibi oliy о‘quv yurti rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har о‘quv yilining boshida turli sabablarga kо‘ra Ilmiy Kengash tarkibidan chiqqanlar о‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bо‘yicha kiritiladi.

Ilmiy kengash yig‘ilishlari har oyning sо‘nggi juma kuni о‘tkaziladi. Uning kun tartibiga kiritilgan masalalarni kо‘rib chiqishdan oldin, bundan oldingi Ilmiy kengash yig‘ilishida kо‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar ijrosi nazoratdan о‘tkaziladi va baholanadi.

О‘quv va ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bо‘yicha Ilmiy Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida kо‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Ilmiy Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi. Ilmiy Kengash raisi muntazam ravishda Ilmiy Kengash qarorlarining bajarilishi bо‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Ilmiy Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.