Kafedra mudiri:
“Ijtimoiy va gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi

Isokov Ziyodullo Safaraliyevich

tarix fanlari nomzodi, dotsent, 2ta monografiya, 1ta uslubiy qо‘llanma, 1ta uslubiy kо‘rsatma, 100dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi

Qabul kunlari: Chorshanba kuni soat: 9:00-13:00

Telefon:71 230 28 26

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi umuminstitut kafedrasidir. Hozirda kafedraga tarix fanlar nomzodi Isoqov Ziyodullo Safaraliyevich mudirlik qiladi.
Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Pedagogika va psixologiya” kafedralarining birikuvi natijasida 2023-yilda qayta tashkil topgan.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi hozirgi kunda kafedra faoliyatida ijtimoiy fanlarning ilmiy yutuqlariga hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi tamoyillariga tayaniladi.
Hozirgi kunda falsafa fanlari doktori S.To‘ychiyeva, pedagogika fanlari doktori (PhD) E.Shermanov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Z.Isokov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.Arislanbayeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Abdujabbarova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Kosheleva, falsafa fanlari nomzodi B.Irismetov, tarix fanlari nomzodi, dotsent SH.Asadova, tarix fanlar nomzodi, dotsent D.Mamadjanov, pedagogika fanlari doktori (PhD) O.Davlatov va hamda katta o‘qituvchilar O‘.Mavlonov, G.Umaraliyeva, N.Qurbonova o‘qituvchilar X.Xaydarov, M.Ziyoyeva kafedrada faoliyat yuritib, o‘quv jarayonini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, fan va amaliyotdagi yutuqlarni o‘quv jarayoniga singdirish ishlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” muammolarini tadqiq etish – jamiyatni modernizatsiyalashning muhim omili» mavzusi doirasida amalga oshiriladi. Kafedrada muntazam ravishda o‘tkaziladigan ilmiy-uslubiy seminarlarda kafedra a’zolarining ilmiy ma’ruzalarini tinglash va muhokama qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra doirasida iqtidorli talabalarni qamrab olgan “Ijodkor” to‘garagi faoliyat yuritadi.

Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
Dinshunoslik
Falsafa
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
Pedagogika. Psixologiya
Kasbiy psixologiya
Ijtimoiy pedagogika
Ijtimoiy psixologiya
Yosh davrlar psixologiyasi
Umumiy pedagogika va psixologiya

Magistraturada о‘tiladigan fanlar:

   

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Isoqov Ziyodullo Safaraliyevich
Shermanov Eldor Uralovich
To‘ychiyeva Sayyora Suyarqulovna
Arislanbayeva Zoya Yernazarovna
Abdujabbarova Musallam Lapasovna
Kosheleva Antonina Fyodorovna
Irismetov Baxtiyar Maxmudovich.
Asadova Shoira Asadovna
Mavlonov O‘tkir Maxmasobirovich
Umaraliyeva Gulchehra Bahodirjonovna
Davlatov Oybek G‘aniyevich
Qurbonova Nigora Rahimjonovna
Xaydarov Xolbek Xaydar o‘g‘li
Ziyoyeva Maxfuza Soataliyevna

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):

   

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Kafedrada О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti, kafedralari bilan imzolangan о‘zaro hamkorlik shartnomalari doirasida ilmiy va amaliy faoliyat yо‘lga qо‘yilgan.
Hamkorlik doirasida yuqorida zikr etilgan kafedralar bilan:
• ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi;
• hamkorlikda о‘quv adabiyotlari yaratiladi;
• maqolalar yozish va chop etishda hamkorlik qilinadi;
• hamkorlikda ilmiy-nazariy anjumanlar, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi;
• talabalarning malakaviy amaliyotini о‘tash bо‘yicha hamkorlik faoliyati olib boriladi;
• bayram dasturlarini tuzish va о‘tkazishda amaliy yordam kо‘rsatiladi.

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: