“Folklor va etnografiya” kafedrasi

"Folklor va etnografiya" kafedrasi
Kafedra mudiri:
fil.f.n., dotsent Axmedova Oygul Maxamataliyevna

  qabul vaqti: shanba 14:00-17:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 54
📧  e-mail:

 

 

Kafedra qisqa tarixi


2016 yil sentabrdan boshlab “Folklor va etnografiya” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning 2012 yil 4 iyun “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1771-son qarori asosida tashkil etilgan “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qo‘shiqchilik” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib o‘z faoliyatini boshladi. “Xalq ijodiyoti” fakulteti tasarruvidagi “Folklor va etnografiya” kafedrasining tarixi 1992 yilning sentabr oyidan boshlangan. Kafedra sobiq Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti “Xalq badiiy ijodiyoti” fakulteti qoshidagi “Ommaviy bayramlar rejissyorligi” kafedrasidan 1992 yil alohida kafedra sifatida ajralib chiqib “Xalq ijodiyoti” kafedrasi nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan.

Kafedra tashkil topgan kundan boshlab filologiya fanlari doktori, professor G‘ayrat Jalolov, 2001 yildan esa filologiya fanlari nomzodi, professor S.Yo‘ldosheva kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

1998 yilda sobiq Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti rektori A.O.To‘rayev, kafedra mudiri G‘.O.Jalolov, kafedra dotsentlari S.N.Yo‘ldosheva va N.K.Qosimovlarning say’i-harakatlari va tashabbuslari bilan “Xalq badiiy ijodiyoti” fakultet tarkibida “Folklor-etnografik jamoalari rahbari” bo‘limi tashkil etilgan.

Bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:


  • 5151600 – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)

 

Magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati:


  • 5A151601- Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:


  • folklorshunoslikka kirish;
  • folklor jamoa ijrichiligi;
  • folklor asarlarini sahnalashtirsh;
  • O’zbekiston nomoddiy madaniy merosi;
  • о‘zbek xalq etnologiyasi;
  • folklor-etnografik jamoalari uslubiyoti;
  • yakkaxon qo’shiqchilik;
  • o’zbek marosim –udumlarining etnohududiy xususiyatlari;
  • cholg’u ijrochiligi
  • ko‘hna cholg‘u ijrochiligi

 

Magistratura mutaxassisligda:


  • folklor jamoalarini boshqarishning nazariy asoslari;
  • qiyosiy folklorshunoslik;
  • madaniyat antropologiyasining nazariy maktablari;
  • jahon xalqlari etnomadaniyati;
  • folklor materiallarni tо‘plash va nashr etish metodikasi.

 

Kafedraning professor-o‘qituvchilarining tarkibi:


Kafedrada 2 ta professor, 2 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi va 2 ta yetakchi konsertmeyster hamda 6 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.

  1. Ahmedova Oygul Mahamataliyevna – kafedra mudiri, dotsent
  2. Ashirov Adxam Azimjanovich – professor, (o‘rindosh)
  3. Eshonqulov Jappor Soliyevich– professor., (o‘rindosh)
  4. Abdullayev Rustam Mamarajabovich– O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent
  5. Muxammedova Dilorom – katta o‘qituvchi
  6. Kurbanova Umida Shakirovna –katta o‘qituvchi
  7. Kudaybergenova Bibiaysha Bazarbayevna – o‘qituvchi
  8. Xayitov Zafar Soatovich – o‘qituvchi
  9. Isayev Kamoliddin Saidovich – o‘qituvchi
  10. Davronov Bekzod Diyor o‘g‘li – o‘qituvchi
  11. Xudoybaxshov Kamoliddin Xasan o‘g‘li – o‘qituvchi
  12. Sunatillayev Asatilla Sunnatovich – o‘qituvchi
  13. Xо‘jayeva Hilola Qalandarovna – o‘qituvchi (o‘rindosh)

 

Jo‘rnavozlar:


  1. Xadjimuratov Babirjan Xakimovich – etakchi jo‘rnavoz
  2. Berdiyev Usmon Turdiqulovich– etakchi jo‘rnavoz
  3. Salimov Kamoliddin Komiljonovich – jo‘rnavoz
  4. Ziyayev Abdumalik Xasanovich – jo‘rnavoz
  5. Xamroyev Oybek Oltiboyevich – jo‘rnavoz
  6. O‘razmetov Ikrom Baxtiyarovich – jo‘rnavoz
  7. Azizxо‘jayev Umid – jo‘rnavoz
  8. Xolmurodov Boxodir Murodulla o‘g‘li – jo‘rnavoz

 

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan monografiyalar, darsliklar, va o‘quv qollanmalar ro‘yxati)


2016 yil:

  1. Axmedova O., O‘.Toshmatov, Isakulova N., Isoqov Z., Qo‘ldoshev SH. Tabiat – koinotga oid bilim-ko‘nikmalar (NMM misolida). – monografiya, T.: Tafakkur, 2016.

2017 yil:

  1. Eshonqulov J., Jo‘rayev M. “Folklorshunoslikka kirish” o‘quv qo‘llanma. T.: Turon-iqbol. 2018.
  2. Kusrbanova U. “Folklor qo‘shiq ijrochiligi” o‘quv qo‘llanma. T.: Turon-iqbol. 2018.

2018 yil:

  1. Axmedova O. “О‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashdan 2018 yil, 7 dekabrdagi № 1000-107 guvohnomasi asosida nashr uchun tavsiya etilgan.
  2. Abdullayev R. “Yakkaxon qо‘shiqchilik” nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi Kengashdan 2018 yil, 27 martdagi № 274-080 guvohnomasi asosida nashr uchun tavsiya etilgan.

 

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorligi:


О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha” PQ-3698 qarorlaridan kelib chiqib fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi uzviyligini ta’minlash maqsadida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi, О‘zRFA О‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining “Folklor” bо‘limi, О‘zRFA Tarix institutining “Etnologiya va antropologiya” bо‘limi, О‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bilan 2018 yilning 5 oktabrida innovatsion hamkorlik sharnomalri imzolandi. Kafedra negizidagi ta’lim yо‘nalishlari talabalari va mutaxassislikning magistrantlari hamkorlik doirasida о‘tkazilayotgan ilmiy-nazariy anjumanlar, ilmiy-ijodiy seminarda о‘z ijodiy chiqishlari hamda ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

 

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:


Kafedra Toshkent madaniyat kollejining “Folklor san’ati” kafedrasi hamda Respublikada faoliyat olib borayotgan madaniyat boshqarmalari, madaniyat markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni olib boradi.

image_pdfimage_print