XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tomonidan “FOLKLOR, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY О‘RGANISHDA FAN VA INNOVATSIYALAR UYG‘UNLIGI” mavzusida xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Konferensiya 2019 yilning 7 may kuni soat 09:00 da О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining О‘quv teatri binosida boshlanadi.

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Ushbu tо‘plamdan “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy о‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari joy olgan bо‘lib, unda folklor, til, adabiyot va madaniyat masalalari tadqiqiga bag‘ishlangan xorijlik va О‘zbekistonlik taniqli olimlar bilan bir qatorda ilm ostonasiga kirib kelayotgan yosh izlanuvchi tadqiqotchilarning ham maqolalari ham о‘rin olgan.
Ming yildan ortiq tarixga ega bо‘lgan til, folklor, adabiyot va san’atimizni dolzarb masalalari yetakchi olimlar hamda izlanuvchilar tomonidan chuqur о‘rganilgan, qiyosiy tadqiq etilgan. Folklorshunoslik, til, adabiyot va madaniyat sohasini rivojlantirishga о‘z hissasini qо‘shgan allomalar, ijodkorlar merosini yoshlar qalbiga singdirish, mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surayotgan ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni о‘rganishda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish g‘oyasi ilmiy izlanishlarda о‘z aksini topgan.
Ilmiy, amaliy jihatdan muhim nazariy qо‘llanma vazifasini о‘tovchi mazkur tо‘plam soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.

 

O`zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print