STIPENDIYALAR VAQTIDA BERILADI!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Respublikamizda hozirgi kunda oliy ta’lim tizimi faoliyatini isloh qilish bо‘yicha turli ijobiy о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham oliy ta’lim tizimida kuzatilayotgan ijobiy о‘zgarishlar о‘z aksini topmoqda. 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab talabalarga tо‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil kо‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi. Institutda о‘quv yilining boshida ushbu bо‘layotgan yangiliklar bо‘yicha talabalar va ularning ota-onalariga batafsil ma’lumotlar taqdim etilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
Institutda tо‘lov-shartnoma asosida о‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar о‘z navbatida talabalar tomonidan tо‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Shunday bо‘lsa-da 2019 yilning 10 sentabr kuni tо‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga 897,6 mln sо‘m stipendiya tо‘lab berildi.
2019/2020 о‘quv yilida tо‘lov-kontrakt qiymatini 232 nafar talaba stipendiyali shaklda tо‘lash va о‘quv yili davomida stipendiya olish tо‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. Shundan tо‘lovlarni amalga oshirgan 154 nafar talabalarga 12 noyabr kuni 185,6 mln sо‘m sentabr-noyabr oylari uchun tо‘liq stipendiyalar tо‘lab berildi. Qolgan 78 nafar talabalarga stipendiyali kontrakt tо‘lovlarini kechikib amalga oshirganligi sababli 26 noyabr kuni 93,6 mln sо‘m sentabr-noyabr oylari uchun tо‘liq stipendiyalar tо‘lab berildi.
Kontrakt tо‘lovlarini stipendiyali shaklda amalga oshirgan talabalarga dekabr oyi stipendiyalarini 10 dekabrgacha tо‘liq tо‘lab berilishini ma’lum qilamiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Respublika “Ishonch” gazetasining 2019 yilning 12 noyabrdagi 137-sonida “Stipendiya qachon beriladi?” sarlavhasi ostidagi chop etilgan maqola aniq ma’lumotlar asosida tayyorlanmaganligi, oliy ta’lim muassasasidan hech qanday ma’lumotlar olinmaganligini aytish mumkin. Ommaviy axborot vositalari shunchaki ijtimoiy tarmoqlar emas, ular umumiy ma’lumotlarga tayanib qolmasligi, har bir maqolani chop etishdan avval atroflicha tahlil qilishi lozim. Endilikda mana shunday holatlarda oliy ta’lim muassasasi bilan о‘zaro ma’lumotlar almashishni sо‘rab qolamiz.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print