“RUHIYAT TASVIRLARI”

Assalom-u alaykum, aziz va qalbi qaynoq talaba-yoshlar. Endilikda o’z ijod namunalaringizni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam ravishda e’lon qilib boramiz! Faollikni qo’ldan boy bermang!

O`ZBEKISTONIM

Yana bir bahorni qarshi oldim men,

Dunyo go`zalligin anglab yetdim men.

Bir ne`mat oldida arzimas jon, tan

Buyuksan, mo`tabar muqaddas vatan.

Tuprog`ing yuzimga surtaman takror,

Bag`ringda yeldayin chopaman vatan.

Madhingni kuylayin bo`ldim bastakor,

Tarifingga so`zlar yetmaydi vatan

Noming abadiydir o`chmas dillardan,

Ona tiling aslo tushmas tillardan.

Senga baxshidadir bu aziz jonim,

Bunchalar go`zalsan O`zbekistonim!

 

 

  • Bunyodjon SHUKUROV
  •  “Madaniyat va san`at muassasalarini
  • tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo`nalishi 1-kurs talabasi
  •