“RUHIYAT TASVIRLARI” “ONAJON” SHE’RI

"RUHIYAT TASVIRLARI" "ONAJON" SHE'RI

Kechirgin onajon! Yig’layman bugun,
Ko’zlarim yoshlari sening sog’inching,
Beminnat mehringga muhtojman bugun!
Topolmasman sening, sening siyrating.

Dard cheksam dardimga darmon topmadim,
Qo’limdan tutishsa malham topmadim
Seningdek xokisor, sen kabi dona
Jonimning asiri jondosh topmadim.

Aytishar bu savdo har boshda bordir,
Har inson kun kelib onaga zordir
Tirikligin bilmay, uvol qilganlar
Qariganda òzin mehrga zordir.

Sen hali kòp yasha, davroningni sur
Uzoq yil qiynalgan ĝuboringdan kul
Davroning keldiku òyna yasharib
Dilingni tashvishu ĝamdan bòshatib.

Tunlari yulduzlar oyga ergashar
Kunduzi quyoshning sohibi òzing
Shamollar keltirar iforlaringni
Dardimning darmoni issiq baĝringni.

Qo’llarim tutishsa malham topmadim
Beminnat mehringning narxin bilmadim
Bilganim shu bòldi endi Onajon
Seningdek mushtariy zotni topmadim.
Onadek bebeho durni kòrmadim…

Muhayyo SULAYMONOVA
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish
va boshqarish” ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

image_pdfimage_print