“О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” maqolalar tanlovi

“О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” maqolalar tanlovi

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan “О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus talim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadi”da va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 894-buyrug‘iga binoan, “О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi institut bosqichini о‘tkazish bо‘yicha maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari va baholash me’zonlari
– Mavzuning mazmun-mohiyati tо‘laqonli ochib berganligi;
– ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan tо‘g‘ri yozilganligi;
– mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarni aniq bildirilganligi;
– mavzuni yoritishda о‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlarini ifoda etganligi;
– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
– mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari tо‘g‘risida takliflar keltirilganligi;
– ijodiy ishlar xajmi 8-10 betdan kam bо‘lmasligi;
– ijodiy ishlar kalit sо‘zlar, о‘zbekcha, ruscha va inglizcha annotatsiyalarning mavjudligi.
Hujjatlarni taqdim etish tartibi
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 3 mm, о‘ng 1,5 mm, yuqori va pastdan 2,5 mm joy qoldirilgan holda yozilgan bо‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bо‘lishi shart. Yozma materiallarning 1-nusxasida talabalarning о‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yо‘nalishi tо‘liq kо‘rsatiladi. 2-nusxasida talabalarning о‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yо‘nalishi kо‘rsatilmaydi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash “О‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlov nizomining 7.1 bandiga muvofiq о‘rinni egallagan talabalarga maxsus diplom va faxriy yorliqlar taqdim etiladi.
Birinchi bosqichda birinchi о‘rinni egallagan talaba respublika bosqichida ishtirok etadi.
Maqolalar qabul qilish 2019 yil 10 noyabrga qadar qabul qilinadi.
Ilmiy va shakliy jihatdan talabga javob bermaydigan maqolalar tekshirilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Maqola qabul qilish bepul

Ijrochi: E.Nazarova
+9990 370 36 77

Institut Axborot xizmati

image_pdfimage_print