KITOB BILAN KELAJAK SARI!

KITOB BILAN KELAJAK SARI!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida “Kitob bilan kelajak sari!” shiori ostida institutda tanlov e’lon qilindi. Unga kо‘ra, uch nominatsiyada
1. “Eng yaxshi kitobxon о‘qituvchi”
2. “Eng yaxshi kitobxon xodim”
3. “Eng yaxshi kitobxon talaba”
bо‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Super sovg‘a rektor tomonidan qо‘yilgan zamonaviy rusumdagi note book bо‘lib, boshqa g‘oliblarga maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshiriladi. Imkoniyatni qо‘ldan boy bermang, mutolaa madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi о‘rni muhim ekanligini anglagan holda harakatga kirishing!
Har bir ishtirokchi institut ommaviy nashrlarida, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa matbuot bо‘limlarida kitobxonlik yuzasidan publitsistik maqola, badiiy va ijodiy asarlar chop etishi nazarda tutiladi. О‘qigan kitobingiz, badiiy asar bо‘yicha kechinmalaringizni qog‘ozga tushiring. Ijodiy jarayonlarda faol bо‘ling! Unutmang, kitob bilan kelajak sari ilg‘or qadamlar – barkamol kelajakni yaratadi!

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati

image_pdfimage_print