DIQQAT, FAOL BO'LING!

DIQQAT, FAOL BO’LING!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talaba-yoshlari о‘rtasida “Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusida о‘tkaziladigan talabalar konferensiyasi
Axborot xati

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2019 yil
11 yanvardagi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xalqaro, respublika va oliy ta’lim muasasalari miqyosida о‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalar о‘tkazish tо‘g‘risidagi 74-D-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 14-noyabr kuni “Yoshlar ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkaziladi. Konferensiyada institut iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etadi.
Konferensiyada quyidagi shо‘balardan iborat:

1. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda teatr va kino san’atining о‘rni
2. Mutolaa madaniyati va yoshlar ijodiy tafakkurining rivojlanishi
3. Talabalarning ilmiy tashabbuskorligini oshirish, “Start-up” loyihalariga qiziqish muammolari va yechimlari
4. Qadriyatlar va an’analarni saqlab qolishdagi ilmiy izlanishlar tiklanishi va yanada rivojlantirish tamoyillari

Konferensiyada ishtirok etish istagini bildirganlar 2019 yil
26 oktabr qadar quyidagi tartibda о‘z maqolalarini О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limiga elektron hamda qog‘oz shaklda topshirilishi lozim:
– taqdim etilayotgan maqolalar 4-5 betgacha (qog‘oz va elektron shaklda) о‘zbek, ingliz va rus tillarida qabul qilinadi.
– maqolaning annotatsiyasi va kalit sо‘zlari о‘zbek, ingliz va rus tillarida berilishi kerak.
– maqolalarda manbalarga iqtibos kо‘rsatilishi shart [1,62]. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati maqola sо‘nggida beriladi.
– ma’ruza mantlari MS Word-2007 dasturida, 14 shrift, 1,5 intervalda puxta tahrir qilingan holda, standart bichimidagi A4 formatda, yuqori, past va о‘ng tomondan 2 sm, chap tomondan 3 sm rasmiylashtiriladi;
– mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning о‘rtasiga (Ctrl+E) bilan joylashtirilib, ma’ruzachining ismi-sharifi hamda ish joyi, lavozimi о‘ng tomonga (Ctrl+R bilan) keltiriladi, abzats 1,25 smda ma’ruza matni qog‘ozga tо‘liq (Ctrl+J bilan) joylashtiriladi.
Eslatma: Konferensiya materiallari tо‘plam shaklida chop etiladi. Yuqoridagi talablarga rioya qilib yozilmagan, tahrir qilinmagan maqolalar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Maqolalarda berilgan ma’lumotlar, matn mazmunining tо‘g‘riligiga mualliflar javobgardirlar. Maqolaning har bir sahifasi uchun muallif tomonidan 20.000 sо‘mdan etib belgilandi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127-A-uy. О‘zDSMI «A» binosi 3-qavat 3.3-xona,
Tel.: (+99899) 823 65-79, (+99890) 914 12 34, (+99899) 722-37-96

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘limi
Ijrochi: E. Nazarova. +99890-370-36-77