BAYRAM TABRIGI

BAYRAM TABRIGI

 

Bir donishmanddan “Dunyodagi eng mas’uliyatli kasb nima”, deya sо‘rashganida, u donishmand hech ikkilanmay “Dunyodagi eng mas’uliyatli va sharafli kasb murabbiylik”, degan ekan. Darhaqiqat, farzand dunyoga kelgach, uni boqib-о‘stirish, oilada tarbiya berish ota-onasi zimmasida, ammo uning hayotini eng kerakli bо‘lmish ilm nuri bilan tо‘ldirish о‘qituvchi va murabbiylarning ulkan va sharafli vazifasidir. Mana shunday sharafli vazifani bajarib, el koriga yarab, yurtimiz taraqqiyoti yо‘lida о‘zlarining fidokorona mehnatlarini ayamay kelayotgan barcha ustozlarimizni 1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Hurmatli, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining qadrli professor-о‘qituvchilari sharafli kasb bayramingiz qutlug‘ bо‘lsin! Ilohim, martabangiz bundanda ulug‘, hayot yо‘llaringiz charog‘on bо‘lsin. Sizlar uchun eng katta sovg‘a bо‘lmish sevimli shogirdlaringiz e’tibori va muhabbati sizni tark etmasin!

 

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati

image_pdfimage_print