Kafedra mudiri:
“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi

Turatov Sobirjon Turdibekovich

Qabul kunlari: Chorshanba,Juma kunlari, soat: 10:00-12:00

Telefon: 71 230 28 56

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi №1771-sonli “O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Xalq ijodiyoti” fakulteti tarkibida tashkil etilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 2023-yil 10-iyul 11-sonli Kengash qarori asosida «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti tasarrufida “Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi qayta tashkil etildi.
Kafedra xalq ijodiyotining turlari, xususan cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi bo‘yicha respublika professional ta’lim muassasalari ya’ni ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda respublika bolalar musiqa va san’at maktablarining cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha pedagoglarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
Shuningdek, Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar ham tayyorlanadi. Ular magistrlik darajasini olgandan keyin oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.

“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi
Kafedra pedagoglari ilmiy va ijodiy ishlarni davom ettirish qatorida o‘zlarining ijro mahoratlarini o‘stirish ustida ish olib borishadi va doimiy ravishda o‘z talabalari bilan birgalikda ijodiy hisobot konsertlarini o‘tkazishadi. Ular respublika professional ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, ushbu muassasalarga uslubiy va amaliy yordamni tashkil etish hamda mahorat darslarini o‘tkazish orqali aloqalarni mustahkamlashga harakat qilishadi.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211901 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
1. Orkestr sinfi
2. Ansambl sinfi
3. Cholg‘u jamoalari bilan ishlash uslubiyoti
4. Dirijorlik asoslari. Dirijorlik
5. Maxsus cholg‘u
6. Xalq cholg‘ularini o‘rganish
7. Cholg‘ushunoslik. Cholg‘ulashtirish
8. Musiqada zamonaviy texnologiyalar
9. Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi
10. Dirijorlik amaliyoti
11. Musiqa nazariyasi
12. Solfedjio
13. Fortepiano
14. Garmoniya
15. Musiqa asarlari tahlili
16. Maqom asoslari

“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi

Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
2. Musiqiy jamoalarni boshqarishning nazariy asoslari
3. Jamoa ijrochiligi amaliyoti
4. Kompyuterda zamonaviy musiqiy dasturlar
5. Milliy cholg‘ular tarixi va evolyusiyasi
6. Musiqiy terapiya asoslari
7. Cholg‘u ijrochiligida innovatsiyalar
8. Amir Temur va Temuriylar davri musiqa madaniyati
9. Maqomlar tarixi va nazariyasi
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Kafedrada 3 ta professor, 2 ta San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 7 ta dotsent, 2 ta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist , 4 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchi va 3 ta yetakchi konsertmeyster hamda 3 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda:
Turatov Sobirjon Turdibekovich – kafedra mudiri, dotsent
Tashmatov Urazali Gafurovich – professor
Islamov Dilmurat Muxutovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor
Mullajonov Davlat Mavlonovich – San’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent
Jumaev Sobirjon Saidovich – professor (o‘rindosh)
Xudoyev G‘ani Muhammadovich – San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor v.b.
Turg‘unova Nasiba Mamatovna – San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Shermatov Komiljon Erkinovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent
Sedix Tatyana Tomovna – dotsent
Xakimova Feruza Abdumanabovna – dotsent
Zuparova Fotima Rixsiyevna – dotsent v.b.
Vaxidov Yusufjon Kadirovich – dotsent v.b.
Beknazarov Xurshid Qaxramonovich – dotsent v.b.
Arzibayeva Zuhra Ilyasovna – katta o‘qituvchi
Xudoyqulova Nilufar Xo‘jamurod qizi – o‘qituvchi
Turatov Javohir G‘anisherovich – o‘qituvchi
Qobilqoriyev Qudratilla Baxtiyor o‘g‘li – o‘qituvchi
Rashidov Qaxromon Yo‘ldosh o‘g‘li – o‘qituvchi
Abdullayev Shoxrux Berdimurodovich – o‘qituvchi

“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:
Professor Tashmatov Urazali Gafurovich-A1-011 “Nomoddiy madaniy merosning tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini ta`lim tizimiga tadbiq etish” amaliy loyiha ishtirokchisi (2015-2017 yillar);
Kafedra dotsenti Turatov Sobirjon Turdibekovich – BV-Atex-2018-251 “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” amaliy loyiha ishtirokchisi (2019 yil).
Kafedra dotsenti Xakimova Feruza Abdumanabovna – “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” amaliy loyiha ishtirokchisi (2022 yil).
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
1. U.Toshmatov, X.Beknazarovlarning “Cholg‘ushunoslik”, Darslik. “Turon-Iqbol” nashriyoti. Toshkent-2018.
2. S.T.Turatovning “Xalq cholg‘ularini o‘rganish”. O‘quv qo‘llanma “Turon-Iqbol” nashriyoti. Toshkent-2018.
3. Ibrohimov O.A., Xudoyev G‘.M. Musiqa tarixi. /O‘quv qo‘llanma . – T.: “Turon Iqbol” nashriyoti. 2018.
4. Ibrohimov O.A. Maqom asoslari. /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Turon Iqbol” nashriyoti. 2018.
5. Ibrohimov O.A. Solfedjio. /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Turon Iqbol” nashriyoti. 2018.
6. Turg‘unova N.M. Arzibayeva Z.I. Musiqa nazariyasi /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Turon Iqbol” nashriyoti. 2018.
7. Sedix T.T. Fortepiano. /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Navro‘z” nashriyoti. 2019.
8. Turg‘unova N.M. Cholg‘u ijrochiligi (Dutor). /O‘quv qo‘llanma. – T.:. “Namangan” nashriyoti. 2019.
9. Shermatov K.E. Maxsus cholg‘u (Qonun) /O‘quv qo‘llanma. – T.: 2019.
10. Xakimova F.A. Maxsus cholg‘u /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Navro‘z” nashriyoti. 2019.
11. Turg‘unova N.M. Cholg‘u ijrochiligi (Dutor). /O‘quv qo‘llanma. 2-nashr. – T.: “Turon Iqbol” nashriyoti. 2020.
12. Mamajonova H.R., Muhsinova N.I. GarmoniY. /O‘quv qo‘llanma. – T.: “Ishonchli hamkor” nashriyoti. 2021.
13. Islamov D.M. “Maxsus cholg‘u”. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim poligraf” MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent-2022.
14. Islamov D.M. “Maxsus cholg‘u” (boshlang‘ich doira ijrochiligi) O‘quv qo‘llanma “Fan va ta’lim poligraf” MCHJ bosmaxonasi. Toshkent-2022.
15. Beknazarov X.Q. “Maxsus cholg‘u” (dutor sinfi uchun) nomli o‘quv qo‘llanma “Tamaddun” nashriyoti. Toshkent-2022.
16. Zuparova F.R. “Ansambl sinfi” /O‘quv qo‘llanma “Fan va ta’lim poligraf” MCHJ bosmaxonasi. Toshkent-2022.
17. O‘qituvchi Q.B.Qobilqoriyevning “Cholg‘u jamoalari bilan ishlash uslubiyoti” O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim poligraf” MCHJ bosmaxonsi Toshkent-2022.
18. Mullajonov D.M. GarmoniY. /O‘quv uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zDSMI xabarlari nashriyoti. 2022.
19. Mullajonov D.M. Musiqa asarlari tahlili. /O‘quv uslubiy qo‘llanma. – T.: O‘zDSMI xabarlari nashriyoti. 2022.
20. Xudoyev G‘.M. Yakkaxon qo‘shiqchilik (Buxorcha aytimlar asosida). – T.: Fan nashriyoti. 2022.
21. Xudoyev G‘.M. Yakkaxon qo‘shiqchilik (Buxoro mavrigilari asosida). – T.: Donishmand ziyosi nashriyoti. 2023.
22. Xudoyev G‘.M. Yakkaxon qo‘shiqchilik (Buxorcha aytimlar asosida). 2-nashr. – T.: Donishmand ziyosi nashriyoti. 2023.
23. Jumayev S.S. Turatov J.G‘. Jamoa ijrochiligi amaliyoti /O‘quv qo‘llanma. – T.: Donishmand ziyosi nashriyoti. 2023.
24. Turatov J.G‘. Orkestr sinfi /O‘quv qo‘llanma. – T.: Donishmand ziyosi nashriyoti. 2023.

“Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
• O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti;
• Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
• Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati akademiyasi;
• O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
• O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi;
• O‘zbekiston davlat filarmoniyasi;
• O‘zbekiston davlat simfonik orkestri;
• O‘zbekiston Respublikasi Bolalar musiqa va san’at maktablari;
• Respublika professional ta’lim muassasalari (ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maxsus litseylar)
• Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
• O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti;
• Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
• O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi;
• O‘zbekiston davlat filarmoniyasi;
• O‘zbekiston davlat simfonik orkestri;
• Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi