Doktorantura ta’limining rivoji – jamiyat taraqqiyoti garovi

Doktorantura ta'limining rivoji - jamiyat taraqqiyoti garovi

Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlari taraqqiyotlari о‘rganilib, tadqiq etilganda, ularning asosini amaliyotda foydali bо‘lgan ilm-fanning hissasi tashkil etishini bugun barcha yaxshi anglaydi. Mamlakatimizda jadal olib borilayotgan islohotlar bugungi kunda ta’lim sohasida ham, ayniqsa, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – doktorantura tizimida ham jiddiy о‘zgarishlar qilish kerakligini taqozo qilmoqda. Albatta, tadqiqotchiga eng zamonaviy texnologiyalarni olib berish, zarur ashyolar bilan ta’minlash mumkindir, biroq uning tafakkurini rivojlantirmay turib, soniyalarda о‘zgarib borayotgan zamon talablariga moslashuvini ta’minlamay turib, ilmiy tadqiqotlarda va fanning muhim kashfiyotlarida zarur natijalarga erishib bо‘lmaydi. Shunday ekan, kun tartibidagi eng muhim masala doimgidek – kadrlar muammosi! Mana shunday о‘ziga xos muammoni qaysidir darajada hal qilish, tadqiqotchilarga zamonaviy talablarga mos bilim va kо‘nikmalarni berish maqsadida amalga oshirilgan “UzDoc 2.0” loyihasi 2019 yilning 11-13 sentabr kunlari Nukus shahrida о‘zining yakuniy treninglari va uchrashuvlarini о‘tkazdi.

Doktorantura ta'limining rivoji - jamiyat taraqqiyoti garovi
2016-2019 yillarga mо‘ljallangan О‘zbekistonda doktoranturani rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan “UzDoc 2.0” loyihasining navbatdagi, ayni paytdagi yakuniy treningida ham kо‘plab foydali kо‘nikmalar berildi.

Doktorantura ta'limining rivoji - jamiyat taraqqiyoti garovi
Ken Von, Bibian Freche, Milita Kovachevich, Klemens Gruber kabi xorijlik mutaxassislar о‘tkazgan treninglarda doktorantlar hamda ilmiy rahbarlar ishini samarali tashkil qilishga oid maslahatlar berildi. Ushbu yakuniy treningning ahamiyatli tomoni shundaki, xorijlik mutaxassislar hamda UNICA (Yevropa mamlakatlari poytaxt universitetlari ittifoqi) rahbari Kris Jonkere loyiha asosida unda ishtirok etgan hamkor о‘zbekistonlik Oliy о‘quv yurtlari tomonidan qо‘lga kiritilgan yutuqlar sо‘raldi. Barcha hamkor Oliy о‘quv yurtlari, xususan, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan qо‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar ta’kidlandi. Unga kо‘ra, institutda “Doktorantura markazi”ning tashkil etilgani, ilmiy tadqiqotchilarning mamlakatdagi hamda xorijlik mutaxassislar bilan о‘zaro tajriba almashganlari asosiy yutuqlardan bо‘ldi. Bundan tashqari, loyiha natijalariga oid seminarlarning institutda ham tashkil etilayotgani yoshlarni ilm-fanga bо‘lgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda.

Doktorantura ta'limining rivoji - jamiyat taraqqiyoti garovi

image_pdfimage_print