KITOB YARMARKASI

KITOB YARMARKASI

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar zalida ilk bor “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi start oldi. Unda xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva boshqa tashrif buyurganlar qatorida ko‘rgazmaga qo‘yilgan turli kitoblar, jurnallar, kalligrafiya, Samarqand qog‘ozini tayyorlash va ebru san’ati jarayoni bilan tanishishdi.
Janubiy Koreyada “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob koreys tilida 50 ming nusxada chop etilgandi. Ushbu kitob muallifi “Uz. Kor. Media Group” kompaniyasi muharriri Cho Chol Chyon ham ko’rgazmaga tashrif buyurdi. Mazkur kitob 8 bo‘lim, 320 sahifadan iborat bo’lib, muhtaram yurtboshimizning faoliyati, amaliy islohotlari haqida ma’lumotlar yoritilgan.

KITOB YARMARKASI
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistrantlari mazkur yarmarkada ishtirok etishib, yangi qo’lyozmalar, kitoblar bilan tanishishdi. Ijodiy jarayonlar, ilmiy izlanishlarning yangi istiqbolli natijalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Yurtimizda mana shunday kitob yarmarkalari ko’proq bo’lishini tilaymiz!

 

Kamoliddin UMAROV
“Madaniyatshunoslik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti

image_pdfimage_print