YOSH AKTYORLARIMIZ XALQARO TEATR FESTIVALIDA

YOSH AKTYORLARIMIZ XALQARO TEATR FESTIVALIDA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi MDH davlatlari orasida har yili an’anaviy tarzda о‘tkaziladigan “GITIS-master-klass” Xalqaro teatr festivalida ishtirok etish uchun Moskvadagi Rossiya davlat teatr san’ati institutiga jо‘nab ketdi.

YOSH AKTYORLARIMIZ XALQARO TEATR FESTIVALIDA YOSH AKTYORLARIMIZ XALQARO TEATR FESTIVALIDA

Ushbu nufuzli festivalda О‘zDSMI rektori Ibrohim Yо‘ldoshev hamda institutning professor о‘qituvchilari rahbarligida 15 nafar mahoratli talaba ishtirok etishadi.

Festivalda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston va Moldova kabi kо‘plab davlatlar ishtirokchilari qatorida yosh о‘zbek teatr san’ati vakillari ilk bor qatnashadigan bо‘ldi. Yoshlarimiz Mixail Bulgakov asari asosida tayyorlangan, pantomima kо‘rinishidagi “Artist” nomli sahnalashtirilgan teatr tomoshasini namoyish etadi.

image_pdfimage_print