Talabalar uchun onlayn mashg‘ulotlar

Talabalar uchun onlayn mashg‘ulotlar

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olish darajasini ta’til vaqtida masofadan turib qо‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtidorlarini yanada mustahkamlab borish maqsadida barcha ta’lim mutaxassisliklari uchun  alohida  telegramm botlari tashkil etilgan. Maxsus botlarga  professor – о‘qituvchilar tomonidan ma’ruza matnlari, audio va videodarslar, amaliy yakka mashg‘ulotlar  onlayn tizimida taqdim qilib borilmoqda.

“Folklor va etnografiya” kafedrasi katta о‘qituvchisi Qurbonova Umida Shokirovna tomonidan Yakkaxon qо‘shiqchilik fanidan videodars taqdim qilindi.

“Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, professor Toshmatov О‘rozali G‘ofurovich tomonidan  talabalar uchun “Milliy cholg‘ular” mavzuida onlayn videodars о‘tkazildi.

Institutning “Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Mansur Ma’mirov tomonidan Yakkaxon qо‘shiqchilik fani bо‘yicha onlayn dars о‘tkazildi.

 

Matbuot xizmati

image_pdfimage_print