Amaliy ko’nikmalar

Amaliy ko’nikmalar

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari amaliy darsida O’zbekiston Respublikasi Teatr arboblari uyushmasiga borishdi. Direktor O’zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov bilan aktyorlik mahorati, Teatr arboblari uyushmasi a’zosi Esonboy O’rinov bilan teatrshunoslik ilmi, Gulchehra Umarova bilan birgalikda jurnalistika mahorati borasida suhbatlashishdi. Kerakli ma’lumotlar olishdi va ish-hujjatlarini ham o’rganib chiqishdi.

Amaliy ko’nikmalar
O’qituvchi Vahob Rustamov talaba-yoshlarda amaliy bilim va ko’nikmalarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratib, endilikda mana shunday madaniyat va san’at muassasalariga tashrifni ko’paytiradi. Mazkur reja kelgusida o’zining ijobiy samarasini bergan holda, sohada ilg’or fikrlaydigan kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi!

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print