MUHIM TASHABBUSLAR

MUHIM TASHABBUSLAR

Ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ona О‘zbekistonimiz taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shish, bunyodkor kelajak va ezgu maqsadlar poydevorini qurish kabi ulkan vazifalar yotadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev 2019 yilning 15 oktabr kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tuman Xalq ta’limi bо‘limiga qarashli 12-umumta’lim maktabi о‘qituvchilariga “Rektorlik soati” va 63-umumta’lim maktabining 6-sinf hamda 9-sinf о‘quvchilariga “Mahorat darsi” tashkil qildi. Unda о‘zbek adabiyoti va san’ati borasida ijodiy suhbat bо‘lib о‘tdi. Eng asosiysi, bolalarda kitobxonlikka bо‘lgan e’tiborni oshirish, badiiy tafakkurni boyitish, innovatsion g‘oyalarga mos ravishda aqliy qobiliyatlarini, estetik madaniyatni shakllantirish yuzasidan fikrlar о‘rtaga tashlandi.


Shuningdek, rektor Ibrohim Yuldashev maktab о‘quvchilari kelgusida oliy ta’lim muassasalarida о‘qishlari, ilm va ijod yо‘lini tanlashda amaliy bosqichlarga tayyorgarlik, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz amalga oshirayotgan muhim islohotlarga yoshligidanoq jiddiy yondashish masalalariga e’tibor qaratdilar. Oldinda mazkur suhbatlar tadriji davom etajak.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi