Zamonlar osha madaniyat: O’zbekiston-Turkiya munosabatlari

Zamonlar osha madaniyat: O'zbekiston-Turkiya munosabatlari

Millatlar hamdо‘stligi, о‘zaro ilmiy-amaliy izlanishlar, xalqaro doiradagi dо‘stlik munosabatlarining sermahsulligi tamaddun eshiklarini ochadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori, dotsent Gо‘zal Xoliqulova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narqо‘ziyeva, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi о‘qituvchisi Matluba Isoqova О‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida О‘zbekiston va Turkiya Respublikalari hamkorligidagi “О‘tmishdan hozirga qadar О‘zbekiston -Turkiya munosabatlari” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

Zamonlar osha madaniyat: O'zbekiston-Turkiya munosabatlari
Koferensiyada yetuk olimlar va izlanuvchilar tomonidan “О‘zbekiston va Onudо‘li о‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar”, “Usmoniylar va Turkiston munosabatlari”, “О‘zbekiston va Turkiya siyosiy va iqtisodiy aloqalar” mavzularidagi dolzarb ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, Turkiyaning madaniyat va san’at sohasida muhim fuqorolik jamiyati hisoblangan “Inson va madaniyat harakati” Turkiya Respublikasi Prezidenti homiyligida Turkiya Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, TIKA va “Turk havo yо‘llari”ning kо‘magi hamda Istanbul va Marmara universitetlari hamkorligida о‘tkaziladigan “Zamonlar osha madaniyat: О‘zbekiston kо‘rgazmasi va anjumani” start oldi.

Zamonlar osha madaniyat: O'zbekiston-Turkiya munosabatlari
Anjuman dasturi doirasida qadimiy madaniyatimiz umrboqiyligi xususida mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi. Biz о‘z an’analarimizga, islomiy qadriyatlarimizga qanchalik ahamiyat bersak ilm, san’at va me’morlik sohalarida dunyoni hayratga soladigan qudratga ega bо‘lishimizni ta’kidlagan Maryam Guney “usta san’atkorlarimiz tomonidan loyihamiz doirasida yaratilgan maxsus asarlar hamda о‘z sohasining kuchli olimlari tomonidan tayyorlangan keng qamrovli ilmiy anjuman kitobi bilan madaniyatimiz rivojiga hissa qо‘shishni, О‘zbek xalqining tarixini, madaniyatini targ‘ib qilish va mamlakatlarimiz о‘rtasidagi dо‘stlik rishtalarining mustahkamlanishiga hissa qо‘shishni istaymiz” dedi.

Zamonlar osha madaniyat: O'zbekiston-Turkiya munosabatlari
Mazkur jarayonlar mamlakatimizni jahonning kо‘plab davlatlari bilan о‘zaro dо‘stlik munosabatlarini о‘rnatishga katta zamin yaratadi.
Mustaqil О‘zbekistonimizda mana shunday muhim voqeliklar kо‘payaversin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print